TIV O‘zbekistonning Ittifoq davlatiga qo‘shilishi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

TIV O‘zbekistonning Ittifoq davlatiga qo‘shilishi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

So‘nggi vaqtlarda hodisalarni yoritishda xolislik va betaraflikka da’vo qiladigan ba’zi chet el nashrlari ayrim xorijiy davlatlar rahbarlarining Ittifoq davlatini kengaytirish va unga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqidagi asossiz fikrlarini tarqatishda davom etmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan do‘stona munosabatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday ig‘vogar harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini yana bir bor ta’kidlaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligi va suverenitetini ta’minlash maqsadida faqat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bundan buyon ham o‘zi tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘lida qat’iy davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!