“Titanik yulduzi” Instagramga qarshi boykot e’lon qildi

“Titanik yulduzi” Instagramga qarshi boykot e’lon qildi

“Titanik yulduzi” Leonardo Di Kaprio 16 sentyabr kuni “Feysbuk” va “Instagram”ga qarshi boykotga qo‘shildi.

Boykot haqidagi postiga Sasha Baron Koenning irqchilik va AQSh saylovlariga aralashuv haqida gapirgan videoni qo‘shib qo‘ygan aktyor "Men Feysbuk va Instagramni 24 soatga to‘xtaman", deb ta’kidladi.

2020 yil yozida Rangli aholini rivojlantirish bo‘yicha milliy assosiasiya (NAACP), Amerika Qo‘shma Shtatlarining tuhmatga qarshi tashkiloti (ADL) va boshqa huquq himoyachilari "nafrat, zo‘ravonlik va irqchilik ruhidagi postlar"ga qarshi norozilik namoyishi doirasida Feysbuk orqali reklama bermasliklarini so‘rab, tadbirkorlar hamda taniqli shaxslarga murojaat qilishdi.

“Coca-Cola”, “PepsiCo”, “Unilever”, “Starbucks” va boshqa brendlar ushbu taklifga rozi bo‘lgan holda reklama berishdan bosh tortganliklarini e’lon qilishdi. Aktyor Eshton Katcher, model Naomi Kempbell hamda realiti-shou yulduzi Kim Kardashyan esa vaqtinchalik boykotga qo‘shilgan yulduzlar orasida bo‘lishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!