Timur Kapadze: «Finalga har taraflama — ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko‘ryapmiz»

Timur Kapadze: «Finalga har taraflama — ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko‘ryapmiz»

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze final oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

— Finalga chiqqanimizda juda xursandmiz. Ertaga oxirgi uchrashuv. Bunga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Har bir bosqich o‘ziga yarasha murakkab bo‘ldi. Biz finalga tayyormiz. Oxirgi o‘yinda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Tashqi omillarning finalga ta’siri
— Tashqi omillar ko‘p. Hozir buni o‘ylaydigan vaqt emas. Issiq havo bo‘lsa ham, maydon holati qanday bo‘lsa ham biz har taraflama ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bu maydonda ikkala jamoa o‘ynaydi. InshaAlloh, ertaga o‘zimizga kerakli g‘alabani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Saudiya Arabistoni haqida
— Raqib kuchli jamoa. Ularni o‘rganib ham chiqdik. Oxirgi o‘yinlarga milliy terma jamoasidan ham o‘yinchilar chaqirgan. Yosh masalasida ham bizdan biroz kattaroq. Umuman olganda, biz saralashda o‘ynagan jamoadan farq qiladi. Biroq bu bizga to‘sqinlik qilmaydi. Biz har bir raqibni hurmat qilamiz. Ularda ham zaif tomonlar bor. Biz ulardan foydalanib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Arab jamoalariga qarshi o‘yinlar
— Biz har bir uchrashuvdan kerakli tajriba yig‘ib, xulosalar oldik. Arab jamoalariga qarshi o‘ynadik. Saudiya bilan avval ko‘p marotaba o‘ynaganmiz. To‘plagan tajribalarimiz bizga yordam beradi, deb o‘ylayman.

Finaldagi tarkib
— O‘zgarish haqida bir nima deya olmayman. Kim yaxshi formada bo‘lsa, o‘sha boshlang‘ich tarkibda o‘ynaydi. Ularning har biri men uchun asosiy tarkib futbolchisi. Bizning maqsadimiz aniq, kim tayyor bo‘lsa, shu o‘ynaydi. Shuningdek, zahiradan tushadigan futbolchilar ham men uchun muhim hisoblanadi.

Har bir musobaqa biz uchun katta tajriba beradi. Terma jamoa har kuni ham yig‘ilavermaydi. Musobaqa davomida nafaqat futbolchilar, balki ishchi xodimlar ham tajriba orttirmoqdalar. Bu kabi turnirlarga mezbonlik qilish har tomonlama biz uchun foydali bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!