Platforma 13 yoshga to‘lmagan bolalar hisoblarini aniqlash va o‘chirish tizimini yangilamoqda.
TikTok yaqin haftalar ichida Yevropa bo‘ylab foydalanuvchilar yoshini aniqlashga qaratilgan yangi texnologiyani ishga tushiradi, deya xabar bermoqda Reuters nashri.
Yangi tizim avval Buyuk Britaniyada bir yil davomida sinovdan o‘tkazilgan. U foydalanuvchi profilidagi ma’lumotlar, joylashtirilgan videolar hamda akkauntdagi xatti-harakatlarni tahlil qilish orqali hisob voyaga yetmagan shaxsga tegishli bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi. Aniqlangan hisoblar avtomatik tarzda o‘chirilmaydi, balki maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan moderatorlar tomonidan qo‘shimcha tekshiriladi.
TikTok ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur yangilik Yevropa davlatlaridagi qat’iy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Yevropa rasmiylari hozirgi yoshni tekshirish usullarini samarasiz, foydalanuvchilar shaxsiy hayotiga haddan ortiq aralashuv deb baholamoqda.
Evropa parlamenti ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun yosh cheklovlarini joriy etishni talab qilmoqda. Ayrim davlatlar esa mustaqil qarorlar qabul qilgan. Masalan, Australiya o‘tgan yili dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi. Denmark esa 15 yoshga to‘lmaganlar uchun shunga o‘xshash cheklov kiritishni rejalashtirmoqda.
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan sinov natijasida 13 yoshgacha bo‘lgan minglab qo‘shimcha hisoblar o‘chirib tashlangan. Bu esa yangi tizim Yevropa miqyosida ham keskin o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“Манчестер Сити” раҳбарияти жамоанинг ўнг қанот ҳимоясига барибир янги ижрочи олиш керак, деган хулосага қайтди. Айни пайтда клуб скаутлар бир неча номзодни кузатув остига олган.
Мадриднинг «Реал» клуби собиқ бош мураббийи Хаби Алонсонинг рафиқаси Нагоре Аранбуру турмуш ўртоғининг бош мураббийлик лавозимини тарк этиши ҳақида фикр билдирди.
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
АҚШ президенти бундай фикрни Politico'га берган интервюсида билдирди. Доналд Трамп Эроннинг олий раҳбари Оятуллоҳ Али Хоманаийни "мамлакатни бошқаришга қодир эмас" деб атади.
Италияда Россияга қарши жорий этилган санкцияларни бузгани учун 33 минг тонна металл хомашёси ортилган кема мусодара қилинди. Кема Новороссийскдан йўл олган бўлиб, Бриндизи портида ушланган.
Франция президенти ва қўшинлар бош қўмондони Эммануэль Макрон payshanba куни Стратегик авиация базаси Истрес, Буш-дю-Ронда мамлакатнинг “миллий мудофаа йўриқномалари” ҳақида нутқ сўзлади.
АҚШ Мудофаа вазирлиги бир йилдан ортиқ вақтдан бери махфий операция орқали сотиб олинган қурилмани ўрганмоқда. Айрим мутахассисларнинг фикрича, мазкур қурилма АҚШ разведка ходимлари, дипломатлари ва ҳарбийларида кузатилган “Гавана синдроми” деб аталувчи соғлиқдаги номаълум муаммоларга сабаб бўлиши мумкин.