Tibbiyot xodimlarini virus o‘choqlariga majburan kiritishyaptimi?

A A A
Tibbiyot xodimlarini virus o‘choqlariga majburan kiritishyaptimi?

28 iyun kuni tarmoqdagi sahifamga avvaldan oz-moz tanish bo‘lgan qiz “Otam SOVIDdan vafot etdi, menga yordamingiz kerak” deb murojaat qildi va telefonimni so‘radi. 

Shahnoza Hasanova (tinmay yig‘laydi): Og‘ir judolik yuz berdi... Otam Uralov Alisher, 52 yoshda edilar. Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasida ishlardilar. 14 iyun kuni O‘rtasaroydagi karantinga olingan bemorlarga qarash uchun ishxonalari tomonidan majburiy jo‘natilganlar. Otam ishdan qochmasdilar. Yoshlari katta, gipertoniya, qandli diabet, og‘ir vaznda bo‘lganlari uchun ham kasallikni og‘ir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan xavf guruhida edilar. Ikki marta rad javobini berganlar. Lekin otdel kadrning “bormasangiz, ishdan ajralasiz” degan gapi ortidan borishga majbur bo‘lganlar. Ishlarini juda yaxshi ko‘rardilar-da. O‘rtasaroyda shifokorlar uchun sharoit yaxshimas. Tez-tez almashtiriladigan himoya vositalari yetmayotganini aytgandilar. Otam menga rasm jo‘natganda, “qo‘lqop va baxillam yo‘q” deganlar. Xullas, borganlaridan 4 kun o‘tib isitmalari chiqishni boshlagan. Koronavirusga test topshirganlarida yuklama ko‘pligi uchun SES javobni kuttirgan. 20 iyun kuni test javobi “musbat” chiqqan. Odatda qat’iy tashxis qo‘yish uchun qayta-qayta tekshiriladi. Yana ikkinchi testning javobini kutishgan. 

21 iyun kuni otam bilan birga ishlayotgan va bir xonada yotgan shifokor Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shtabiga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan signal xati jo‘natgan. Tez yordam mashinasiga joylashtirgan. Ahvollari og‘irlashgan. “Virusga shubha” ostida o‘zlarining karantin zonaga aylangan ishxonalariga olib borishgan. Eng dahshati, o‘sha o‘zlari ishlaydigan Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi otamni qabul qilmagan, “joy yo‘q” deb “otkaz” bergan. O‘zlari ishlayotgan joy! Vaqt yo‘qotilgan. Hozir bo‘lsa, ishxonalaridagi xodimlar va rahbarlari ham “biz otangizning kasal bo‘lganini bilmagandik” deyishyapti. Otam o‘shandan keyin Zangiotadagi yuqumli kasalliklari shifoxonasiga jo‘natilganlar. U yerda tayinli tibbiy yordamni ololmadilar. “Hamma menga qarashdan qo‘rqyapti” deb hansirab og‘ir ahvolda telefon qilganlari quloqlarimda jaranglab turibdi, opa....shuning uchun o‘lim tez sodir bo‘ldi... Otam Literaturniydagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etdilar.. 26 iyun kuni Otamni SES xodimlari yordamida yerga qo‘yishdi...Dardimdan yonib ketyapman, opa...

Fotihaga kelgan hamshiralar “axir joy bor edi-ku, nega o‘zimizning vrachni kirgazishmadi”, deyishadi. Nega otamning hamroh kasalliklari ko‘p bo‘lsa ham, istamasalar ham bosim bilan O‘rtasaroyga jo‘natishdi? Nega shaxsiy himoya vositalari bilan tez-tez ta’minlab turilmadi? Nega kovid aniqlanganidan so‘ng salohiyatli, to‘g‘ri davolay oladigan shifoxonaga jo‘natilmadilar? Nega? Nega?"

28 iyun kuni tush payti Shahnozadan bu gaplarni eshitganimda hali otasining o‘limi SSV tomonidan e’lon qilinmagan edi. Holbuki, o‘lim holati 2 kun avval bo‘lgan. Shu faktning o‘zidanoq talmovsirab turganimda oradan 2 soatcha o‘tib, ijtimoiy tarmoqlarda shifokorning o‘limi rasman e’lon qilindi.

Albatta, Shahnoza haligacha stress ichida va olovdek dardda qovrilyapti. Vaziyatga baho berishda oshirib yuborishi mumkin. Aytgan so‘zlariga faktlar so‘radim. U menga otasining O‘rtasaroyda tushgan himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmagan rasmini, shuningdek, mozorda uzoqdan tasvirga olingan marhum shifokorning tobutini olib tushishayotgani va unga qo‘shimcha taxminan yana ikkita tobut ko‘rinib turgan foto va videolarni jo‘natdi.

Shahnoza otasini yo‘qotdi. U o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urgani bilan u kishini ortga qaytara olmaydi. Kasbi shifokor bo‘lgan bu qiz boshqa doktorlarni ham majburiy bosim bilan o‘zlari istamasa-da virus o‘choqlariga jo‘natilayotganidan, yuborilayotgan shifokorlarning yoshi va salomatligi umuman inobatga olinmayotgani, borgach esa kerakli ta’minot yo‘qligi tufayli Kovid infeksiyasini yuqtirish xavfi yuqoriligini tushuntirishga urindi.  

Har qancha ta’sirlanmay, ikkinchi manba bu vaziyatni tasdiqlamaguncha jim turdim. 29 iyun kuni Alisher Uralov bilan O‘rtasaroyda bitta xonada yashagan va birga karantin zonada xizmat qilgan, hozir o‘zi ham qat’iy karantinda bo‘lgan shifokor bilan suhbatlashdim.  

-Haqiqatan ham vrachlarga “davka” ketyapti. Bu yerga kelmaganlardan ham so‘rab ko‘ring, shunday deyishadi. Shaxsan o‘zim ham 54 yoshli vrachman va bu yerga majburan kelganman. Ehtiyojlarimizga kerak bo‘ladigan narsalarni yaxshi ta’minlab berisholmadi. Karantinga olingan 600 ga yaqin fuqaroga brigadamiz bilan tibbiy xizmatni olib bordik. 600 kishi hammasi virusga chalingan emas, lekin ularning boshqa kasalliklari bo‘ladi, asab, oshqozon kasalliklari, psixoz kuzatiladi...Agar ular u yoki bu tibbiy yordam ehtiyoj sezca, dori-darmon ta’minoti yaxshimas, biz talab qo‘ysak, ta’minlab berisholmadi. Himoya vositalariga kelsak, bu yerda qizil va yashil zonalar bor. Qayerda xizmat ko‘rsatishga qarab kiyimlar kiyiladi. Shahnoza aytganidek, tapochkalar yetishmovchiligi prinsipial emas. Mening fikrim, bu yerga keladigan shifokorlar kontingentini to‘g‘ri tanlash kerak. Tasavvur qiling, ishxonangizda ishlayapsiz-da, shundoq qo‘ng‘iroq qilishadi-da yarim soat vaqt berishadi, narsalaringni yig‘ zonaga borasan! Hech qanday tayyorgarlik etapi yo‘q, instruktaj yo‘q, qog‘ozlarda qolib ketgan. Kelgan shifokorlar vaziyatni o‘rganib olguncha 2-3 kun shokda yuradi. Shaxsan men o‘zim o‘sha yakshanbada (14 iyun kuni) tug‘ruqxonada dejurda edim. Meni navbatchilikdan olishyapti-da bu yerga jo‘natishyapti. Bu insoniylikdanmi? Ishxonalarda xodimlarni kontingentini adolat bilan saralash yo‘q. 

Bu yerga shifokorlarning yoshi, sog‘lig‘i bilan hisoblashib jo‘natish kerak edi. Alisher aka bilan 4-5 kun birga yotgan bo‘lsam, u kishining kasalliklari ko‘p ekan, kelmasligi kerak edi. Men u kishini tez yordamda jo‘natish ishlari bilan o‘zim shug‘ullandim, telefonda shtab bilan gaplashdim, keyin ham aloqada bo‘lib turdim. A. Uralovda virusga shubha tug‘ilganida o‘z ishxonasiga jo‘natilishi yuridik jihatdan to‘g‘ri emasdir, lekin insoniylik jihatidan ishlab turgan joyi tomonidan qabul qilinishi kerak edi. Nazarimda, u yakshanbadan to jumagacha yaxshi tibbiy xizmat ololmagan.  

Ikkinchi manbam ham Shahnozaning fikrlarini qisman tasdiqlagani sabab kontrfaktni o‘rganish uchun Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i bilan bog‘lanib ko‘rdim. U kishi bosiqlik bilan savollarga javob berishga vakolatli emasliklarini aytdilar. Ammo bir-ikki vaziyatga fikrlarini bildirdilar. Aytishlaricha, A. Uralov karantin zonaga bormaslikuchun hech qanday yozma rad javobi bermagan. Hech kimni majburlashmagan. “Yosh bolali, pensiya yoshidagi shifokorlarimiz bor, ularga taklif ham berilmagan. O‘rta yoshli va sog‘lom shifokorlarni jo‘natganmiz. U kishi har kuni sog‘lom ishga kelib, ishlab yurgandilar-da. Bolnichniylarini ko‘rsak, faqat 2016 yilda 3 kunga chiqqan ekanlar”. A. Uralov kadrlar bo‘limi boshlig‘iga 25 iyunda qo‘ng‘iroq qilgandagina holat yomonligidan xabar topgan, ungacha bilmagan. Alisher aka qaysi bolnisada yotgani, nafasi qisayotgani, simptomlari kovidga o‘xshayotganini aytgan. Aytishicha, bosh shifokor ham Uralovning virus yuqtirgani haqda hayotining oxirgi kunlari(25-26 iyun)gacha xabari bo‘lmagan. Bosh shifokor “menga hech kim chiqmadi, qanday qilib u kishini yotqizmasligim mumkin?” degan. SSVning 61-buyrug‘iga ko‘ra, muassasa navbati bilan 5 nafardan shifokorlar guruhini jo‘natyapti, hamma o‘z vazifasini o‘tab, rahmat eshitib qaytyapti. A. Uralovning karantin zonaga aylantirilgan ishxonasiga kiritilmasligi buyrug‘ini kim berganini bilmaydi...

Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘idan bosh shifokorning kontaktlarini so‘ragandim, u kishi “xat bilan chiqishsa, javob beraman” degan javoblarini aytibdilar!

Darvoqe, kadrlar bo‘limi boshlig‘idan boshqa birorta rahbar marhumning qizidan ko‘ngil so‘rab qo‘ymagan. Shahnoza Hasanova bu haqda gapirmadi, ammo eslatib qo‘yishim kerak: 4652 - sonli Prezident qaroriga ko‘ra, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiy personalga 100 mln, sog‘lig‘i tiklanmasa...uning oila a’zolariga 250 mln so‘m qo‘shimcha to‘lov beriladi. Bu haqda rahmatli A. Uralov oilasiga hali hech kim og‘iz ochganicha yo‘q..

Hammani eshitib, tushunganim shu: 

1. Virus bilan kurashish va karantin o‘choqlariga jo‘natilayotgan shifokor va medpersonallar yoshi, salomatligi bo‘yicha saralanishi shart!

 2. Tibbiy himoya vositalari, testlar ta’minotida, mehnatga o‘z vaqtida haq to‘lash bo‘yicha uzilishlar bo‘lmasligi shart! 

Ikki kun davomida mana shu suhbatlar ichida yashadim, yondim, kuydim, ertaga shifokor yaqinlarim boshida ham bu xavf turganini o‘ylab yurakka yaqin oldim... 

Tushunaman, koronavirus pandemiyasi-bu urush. Qurbonlar bo‘lishini ham tushunaman. Ammo bilasizmi, hatto urushda ham yaradorlar-kasallar ortga qaytarilgan, 18 yoshga to‘lmagan askarlarga urushda qatnashishga rasman ruxsat berilmagan. 

Hali bu virusdan qutuladiganga o‘xshamaymiz. O‘lim statistikasi ham jonlanib qoldi. Ko‘cha-kuyda yuqtirib olish bir gap bo‘lsa, xavf guruhida bo‘la turib, o‘zingni “o‘tga urishga majbur bo‘lish” boshqa gap. Sog‘liqni saqlash yuqori organi talablarini pala-partish, “salla desa, kallani olib kelgan holda” bajarayotgan quyi tizim tufayli tibbiy xodimlarning hayotini, sog‘lig‘ini boy berib qo‘yavermaylik. 

Hayotimda ko‘p tanlovlarga duch kelganman. Hammasida ham jurnalist sifatida to‘g‘ri qaror qilganman, deyolmayman. Jim qolganman. Ammo.. buni yozish qarorini vijdon ishi deb qabul qildim. Garchi shaxsiy oqibatlarini besh qo‘limdek bilsam-da. Ammo bu yozganim kelajakda koronavirus bilan to‘qnashish xavfi bo‘lgan bitta shifokorning bo‘lsin, faoliyatini osonlashtirsa, hayotini saqlab qolsa- maqsadim shu.  

Aziza Qurbonova,

jurnalist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Eron AQSh ultimatumiga javob qaytardi

Агар АҚШ Эрон электр станцияларига зарба берса, Эрон Ормуз бўғозини бутунлай ёпиб қўяди.

Pentagon Eronga o‘z qo‘shinlarini joylashtirish ssenariysini tayyorlamoqda

Бу ҳақда АҚШнинг БМТдаги доимий вакили Майк Уольтц Fox News телеканалига берган интервьюсида айтиб ўтди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Erondagi urush qachon tugashi aytildi

Бу ҳақда Ynet нашри хабар берди.

Rossiya Chernigov viloyatidagi NATO o‘quv poligoniga zarba berdi

Бу ҳақида Украинадаги яширин кўнгиллилар ҳаракати координатори Сергей Лебедев РИА Новостига маълум қилди.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Eron TIV: "AQSh va Isroilning Eronga hujumining asl maqsadi aniq bo‘lib bormoqda"

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Эсмаил Бағайи ижтимоий тармоқ саҳифасида ёзди.

"Noma’lum yakunli, keng ko‘lamli keskinlashuv"

Германия канцлери Трампни танқид қилиб, мулоқотни ОАВ орқали эмас, юзма-юз олиб боришга чақирди.

Eronda yoshlar safarbarligi haqida bahsli xabarlar tarqaldi

Бу маълумотни Al Arabiya келтирган.

Eron bilan mojaroning cho‘zilishi AQSh va Isroil uchun jiddiy yo‘qotishlarga olib kelmoqda

Сüддеутсче Зеитунг нашрининг хабар беришича, Эрон билан можарони узайтириш АҚШ ва Исроил учун кутилмаган йўқотишларга ўхшайди.

Interpol qidiruvida bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Хабарга кўра, 40 ёшли T.Р. ва 38 ёшли Ф.A. Ўзбекистонда йирик миқдорда фирибгарлик жиноятини содир этгани учун халқаро қидирувда бўлган.

Toshkentda tunda poyga uyushtirgan 2 haydovchi qamaldi

Мазкур кўчадаги камера ёзувлари ва гувоҳларнинг кўрсатмаси асосида ўтказилган суриштирувлар давомида Lacetti русумли автомобилда 27 ёшли Рамиз Исломов ва Onix русумли автомобилда 21 ёшли Азимжон Абдусатторов бўлгани аниқланган.

Parijda Bank of America binosi oldida terakt sodir etilishining oldi olindi

Жиноятчининг иқрор бўлишича, уни Snapchat платформаси орқали 600 евро эвазига ёллашган.

Ukraina terma jamoasi Ispaniyada o‘g‘rilar hujumiga uchradi

Ўйинчилар ва мураббийлар штаби қимматбаҳо соатлар, бир неча минг евролик ҳашаматли буюмлар ва нақд пул йўқолганини аниқлаган.

Xakan Fidan: Yaqin Sharqdagi keskinlik kengroq urushga aylanishi mumkin

Бу ҳақда Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан Стамбулда бўлиб ўтган Халқаро стратегик коммуникациялар (STRATCOM) саммитида сўзлаб, маълум қилди.

Keniyada yomg‘ir va sel oqibatida o‘limlar soni 108 ga yetdi

Бу ҳақда мамлакат Миллий полиция хизмати хабар берди.

Lukashenko ishi MXSda ayol sudyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi

Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.

Dog‘istonda 100 yildagi eng yirik toshqin: 320 mingdan ortiq aholi chiroqsiz qoldi

Бу сўнгги 100 йил ичидаги энг йирик табиий офатлардан бири сифатида баҳоланмоқда.

Gresiya sohillari yaqinida 22 nafar muhojir halok bo‘ldi

Ҳодиса юзасидан қутқарув ва текширув ишлари давом этмоқда.

Mast holda YTH sodir etgan «golf afsonasi» hibsga olindi

«Голф афсонаси», йирик мусобақаларнинг 15 карра ғолиби Тайгер Вудс АҚШнинг Флорида штатида машинаси билан аварияга учраганидан сўнг ҳибсга олинди, деб хабар берди Bloomberg.

Shvesiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.

AQSh Adliya vazirligi Maduro ishini kengaytirishni o‘rganmoqda

АҚШ Адлия вазирлиги Венесуэла президенти Николас Мадуро иши бўйича айбланувчилар доирасини кенгайтириш имкониятини кўриб чиқмоқда.

AQSh Eron bo‘yicha barcha maqsadlarga erishilmaganini tan olishga chaqirildi

Foreign Affairsда эълон қилинган мақолага кўра, АҚШ Эрон билан муносабатларда муросага келиши ва барча мақсадларига эриша олмаслигини тан олиши керак.

Eronda urush boshlanganidan beri yuzdan ortiq “dushman josusi” ushlandi — Tasnim

Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.

Trampning Eron siyosati tanqid ostida

The New York Times хабар беришича, Дональд Трампнинг Эронга оид сиёсати кутилган натижани бермаган.

Turk dunyosi noshirlari Anqarada uchrashadi

Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.

Pragadagi "Rossiya uyiga" "Molotov kokteyllari" bilan hujum qilindi

Марказ раҳбари Игор Гиренконинг сўзларига кўра, кутубхона биносига улоқтирилган олтита "Молотов коктейлидан" учтаси портламай қолган.

Toshkentda 4 kishini urib yuborgan Tracker haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.

Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom beriladi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.

Abbas Aragchi: AQSh so‘zlari va harakatlari qarama-qarshi

Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.