Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli markaz bo‘limi bekasi B.A. fuqarolar X.N. va N.I.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 400 AQSh dollari evaziga ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, shundan 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 2 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Amudaryo tumani bo‘limlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona navbatchi akusheri SH.X. fuqaro G.Y.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Ko‘z mikroxirurgiyasi markazi mintaqaviy filialiga qarashli maslahat poliklinikasi bekasi A.D. fuqaro N.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Nukus shahridagi poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Uychi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Namangan shahridagi oilaviy poliklinika hamshirasi N.R. fuqaro YO.O‘.ni ushbu poliklinikaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.