Tezkor! Amir Temur xiyobonida odamlarni to‘plagan rus blogeri va boshqalar jazolandi

Tezkor! Amir Temur xiyobonida odamlarni to‘plagan rus blogeri va boshqalar jazolandi

Joriy yilning 13 iyul kuni taxminan soat 22.30 larda “Subo” nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov bilan uchrashish uchun poytaxtimizning Amir Temur hiyobonida 200 ga yaqin fuqarlar karantin cheklovlariga rioya etmasdan to‘planganligi haqida muqaddam xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasiga ko‘ra, 26 nafar fuqaro (shu jumladan S.Mamedov va uning kuzatuvchilari) karantin qoidalariga zid ravishda jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi, 83 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida, 9 nafar voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ogohlantirildi. Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!