"Tesla" Ilon Maskni ijtimoiy tarmoqlarda himoya qiladigan xodim yollashga qaror qildi

"Tesla" Ilon Maskni ijtimoiy tarmoqlarda himoya qiladigan xodim yollashga qaror qildi

"Tesla" g‘azablangan mijozlarga "qarshi kurashadigan" va Ilon Maskni ijtimoiy tarmoqlarda himoya qiladigan xodimni yollashga qaror qildi, deb yozmoqda “Futurism”.

Ta’kidlanishicha, nomzod koll-markazda 1 yillik ish tajribaga, noodatiy ravishda fikrlash, tashabbuskorlik va jamoaviy qobiliyatga ega bo‘lish zarur.

“Tesla”ning 2020 yil oktyabr oyida o‘z jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan voz kechishi, mijozlar va jurnalistlar tomonidan Maskning “Twitter” sahifasida ko‘plab savollar berilishiga olib keldi. Uning noodatiy xatti-harakatini hisobga olgan holda, kompaniya tomonidan yollangan kurator mojarolarning avj olishiga barham beradi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!