Teshiktoshning ko‘pchilikka noma’lum sinoati

A A A
Teshiktoshning ko‘pchilikka noma’lum sinoati

El-ulus orasida «Nobakor, yolg‘onchi va nohalol kishilar bu tosh orasidan o‘ta olmaydi», degan qarash qanchalik haqiqat?

Teshiktosh atrofi deyarli har kuni gavjum. Uzoq-yaqindan kelgan hamyurtlarimizga, ahyon-ahyonda esa xorijlik sayyohlarga ko‘zingiz tushadi. Ko‘z ilg‘amas sahnga ega, tep-tekis bag‘rikeng ushbu tepalikning shundoqqina qarshisida ikki yuz ellik tonnacha keladigan ulkan xarsangtosh yaqqol ko‘rinib turadi. Qizig‘i, toshni o‘n yashar bola ham bemalol tebrata oladi. Xo‘sh, buning sir-sinoati nimada ekanini bilasizmi?

Nurota tog‘ tizmasining janubiy tarmoqlaridan biri Oqtov nomi bilan ataladi. Dengiz sathidan roppa-rosa ikki ming metr balandlikda joylashgan tog‘ning uzunligi yetmish, eni salkam o‘n chaqirimni tashkil etadi.

G‘aroyib tabiat obidasi – Sangijumon intruziv-granit massivining dovrug‘i yetti iqlimga yetgan. Uning antiqa shakl va ko‘rinishdagi toshlari odamni xuddi ohanrabodek o‘ziga jalb etadi.

Bu maskanning tarixi uzoq. Olimlarning t axminlariga ko‘ra, ushbu tog‘ ikki yuz sakson million yillar muqaddam yer qa’ridan ko‘t arilgan suyuq va qaynoq magmatik jinslardan paydo bo‘lsa-da, o‘z vaqtida yer qobig‘ini yorib chiqa olmasdan taxminan ikki yuz ellik ming yillar avval ma’lum chuqurlikda qotib qolgan ekan.

Qimirlovchi ulkan toshning janubida yana bir bahaybat granit toshga duch kelasiz. U uzoq o‘tmishda Sangijumon (hajmi 75-80 kub metrga, og‘irligi 250-270 tonnaga yaqin qimirlab turuvchi harsang) bilan tutashib, yaxlit qoyani tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Qoyalar orasida esa aylanma yo‘llar bor. Undan o‘ta turib osmonga qarasangiz, o‘zingizni o‘n besh, yigirma metrlik quduq ichida turgandek his etasiz. «Childirmatosh», «Kabutartosh», «Qizil egartosh», «Elchiboy do‘kon», «Tegirmon tosh», «Kobra» singari turli ko‘rinishlarni inson yodiga soluvchi noyob tabiat obidalari Sangijumon ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi. Ularning har biri ko‘hna afsona va rivoyatlarga qorishib ketgan.

Aslida Xatirchining tog‘li Sangijumon qishlog‘idagi Teshiktosh sayli saylgina emas, ayrim ishonch bilan kelgan ziyoratchilarga umid qo‘rg‘oni ham edi. Bu manzilga el omonlik-somonlik kunini nishonlash, o‘zlarining halolliklari, to‘g‘riliklari, haqgo‘yliklarini namoyish etish uchun kelishardi guyo.

Yuz yillar muqaddam biror bir odam ushbu marosimga chiqmay qolsa, uning va xonadonining halolligiga, to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lar, bir yil davomida ro‘y bergan falokatlar sababchisi sifatida qaralar va bu nafratu dahshatlar tufayli o‘sha xonadon sohiblari qishloqdan bosh olib chiqib ketishga majbur ekan.

To‘g‘ri, bugun bunday bid’atlardan voz kechilgan, biroq hamon el-ulus orasida «Nobakor, yolg‘onchi va noha lol kishilar o‘ta olmaydi. Bundaylarni u darhol ko‘tarib uradi. Faqatgina andishali kishilar, favqulodda dilbar va xushta’b, diyonatli, saxovatpesha, himmati baland, xosiyatli, iste’dodli, hamiyatli, or-nomusni barcha narsadan yuqori qo‘yadigan insonlargina xatarsiz, osongina o‘tib ket averadi», degan qarash mavjud. Tag‘in to sh bilan bog‘liq ko‘plab rivoyatlar el orasida saqlanib qolgan. Mana ulardan biri. ...Qish kunlarining biri edi. Dehqon ertalab turib qarasa, og‘ilxonada bog‘langan ho‘kizi yo‘q. Dehqonni bir kishidan shubha-gumoni bor edi. U haqida qoziga ma’lum qiladi. Qozi el-ulusni bir joyga yig‘adi. Uning maqsadi adolatni qaror toptirish edi. Buning uchun jabrlanuvchi hamda o‘g‘rilikda gumon qilinayotgan kimsa o‘sha Bobotosh ostidan sirg‘alib o‘tishi talab etilardi. Buni dastlab dehqon boshlab beradi. Albatta u tosh ostidan eson-omon o‘tadi. Navbat gumonlanayotgan kimsaga yetganda, u bexosdan orqaga tisariladi, ko‘zlari alang-jalang bo‘lganicha, tosh yaqinida oyog‘i toyib yiqiladi. Uch-to‘rtta norg‘ul yigitlar uni qo‘ltig‘idan suyab turg‘izishadi. Shunda u tilga kirib, «Men gunohimga, aybimga to‘liq iqrorman. Beriladigan jazoga tayyorman», deydi-da o‘g‘riligini aytadi-qo‘yadi. Qissadan hissa shuki, Teshiktosh adolatni, haqiqatni qaror toptirishda odamlarga yaqin ko‘makchi bo‘lib xizmat qilgan ekan.

Rosti, mana shu tosh orasidan o‘tishga chog‘lanar ekanman, mening ham ko‘nglimda andakkina hadik-xavotir bo‘lganini yashirmayman. Ammo shukrki bu yumushni muvaffaqiyat bilan ado etdim. Shu chog‘ bir mo‘ysafid kishi oldinga chiqib, Teshiktosh bag‘riga yaqinlashdi va uning pastidagi joydan o‘rin oldi va «Iqbolingiz balan bo‘lsin, bolam!» – dedi-da uzoq duo qildi. ...Har bahor eshik qoqishi bilan, Sangijumondagi Teshiktosh esga tushadi, etim seskanadi. Qani edi nopok, qing‘ir ishlarga qo‘l urib, gunohga botayotgan kimsalar o‘sha hars angtosh teshigi ichidan bir-bir o‘tkazib olinsa-yu, haqiqatda nobakorlari siqilib qolsa, deganga o‘xshash hadik-xavotir ko‘nglimni kemiraveradi. Aytgancha, to hanuzga qadar Teshiktosh qad kerib turgan Xatirchidagi Sangijumon vodiysi el-ulusning, xorijliklarning sevimli maskaniga aylanib ulgurgan.

Ulug‘bek JUMAYEV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.