Termiz aeroportidagi aerodrom rekonstruksiyasi yakunlandi

Termiz aeroportidagi aerodrom rekonstruksiyasi yakunlandi

Termiz xalqaro aeroportida aerodrom majmuasini rekonstruksiya qilishning oxirgi — uchinchi bosqichi yakunlandi, deb ma’lum qildi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

«Har bir yurish yo‘lagining tayanch qismi kengligi 23 m, umumiy eni esa 44 m, bu Boeing787/777, Airbus 330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarga cheklovlarsiz yurish imkonini beradi.

Shuningdek, perronda uchta samolyotlar turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi. Rekonstruksiya uchun material sifatida uchish-qo‘nish yo‘lagidagi kabi sement-beton ishlatilgan», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oxirida boshlangan rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichi 2022 yil dekabrida yakunlangan edi.

Termiz aeroporti aerodrom majmuasini oxirgi marta rekonstruksiya qilish esa 1989 yilda amalga oshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!