"Temiryo‘l"dagi mavsumiy ishchi o‘z hamkasbining plastik kartasidagi pullarini o‘g‘irlab, "1Xbet"ga tikib yubordi

"Temiryo‘l"dagi mavsumiy ishchi o‘z hamkasbining plastik kartasidagi pullarini o‘g‘irlab, "1Xbet"ga tikib yubordi

Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi "Temiryo‘l" vokzalida mavsumiy ishchi 29 yoshli T.N., plastik kartasidagi 8.542.500 so‘m pullari o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni T.N.ning tengdoshi va hamkasbi bo‘lgan A.A. sodir etganligi, u ish joyidagi kiyinish xonasida T.N.ning telefonini yashirincha olib, telefondagi mobil ilova yordamida plastikdagi pullarni "1Xbet" onlayn qimor o‘yiniga o‘tkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan 29 yoshli A.A. O‘zR. JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, A.A. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!