Telegramda qizning suratlarini tarqatib, sharmanda qilgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Telegramda qizning suratlarini tarqatib, sharmanda qilgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.M. ariza bilan murojaat qilib, arizasida noma’lum shaxs telegram messenjeri orqali qizi R.J.ning shaxsiy boshqalarga ko‘rsata olmaydigan videotasvirlari va suratlarini tarqatib, sharmanda qilayotganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida video va fotosuratlarni tarqatayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi, 1998 y.t., R.S. ekanligi aniqlangan.

R.S.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 141-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!