Telefondan foydalanish odoblari

A A A
Telefondan foydalanish odoblari

Savol: Oldinlari qo‘l telefonlari bo‘lmagan. Qiyomatga qadar har zamon va har makon muammolariga yechim beradigan dinimizda telefondan foydalanish odoblari haqida ko‘rsatmalar bormi?

Javob: Keyingi 15-20 yil ichida insoniyat ilmiy-texnikaviy maydonda shu qadar taraqqiy etib ketdiki, buning oqibatida hayot haqidagi tushunchalar o‘zgarmoqda, misli ko‘rilmagan qulayliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek yangi ijtimoiy muammolar paydo bo‘lmoqda va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar shakli shamoyili o‘zgarmoqda. Xususan bunda aloqa vositalari, ayniqsa telefon va unga bog‘liq texnologiyalarning mukammalashayotgani chuqur iz qoldirmoqda. 

Zamon va makon bilan teng qadam tashlaydigan islom dinimiz ham doim bunday o‘zgarishlarga o‘zining munosabati, hukmlari va odoblarini taqdim etgan va etmoqda. Oddiy misol. Hanafiy fiqhimizdagi qizni turmushga berish masalasida valiy bosh bo‘lishi masalasiga murojaat qilsak. Nikohda valiy mulohaza va fikri uchun kerak. Ya’ni qizni kimga turmushga bersa, uning manfaatlari to‘liq himoyalanishini valiy mulohazasiga havola qilingan. Valiyning esa darajalari bor. O‘g‘illik, otalik, akalik va amakilikka o‘xshash. Agar yuqoridagi tartib buzilib, ota safardaligida aka valiy bo‘la oladimi, degan savol ko‘ndalang bo‘lsa, fuqaholarimiz javob qilib, agar ota uyidan butunlay uzilgan bo‘lsa, undan keyingi darajadagi aka valiylik qila oladi deyishgan. Birlari bu uzilishni yilda bir yil karvon boradigan qadar uzoqda bo‘lish, deyishsa, boshqalari shar’iy safar hisoblanmish uch kecha kunduzlik masofada bo‘lish, deya ta’riflashgan. Boshqa birlari esa xabarni kutilsa, qizga munosib bo‘lgan kuyov qo‘ldan chiqadigan darajadagi yerda bo‘lsa, otaning o‘rniga aka valiy sanaladi, deyishgan.

Endi hozirgi bizning tezkor aloqalar zamonamizda bu masalaning hukmi ham zamon imkoniyatlaridan kelib chiqib osongina hal qilinadi. Kuyov haqida ma’lumot berib telefon qilinadi va otaning fikri va mulohazasi olinadi. Undan keyingi darajadagi valiylarning mulohazasiga ehtiyoj qolmaydi. Bu oldin mavjud bo‘lmagan imkoniyatga islom shariatining hozirgi hukmi.

Xuddi shunga o‘xshash ikki tomoni kesadigan pichoq yanglig‘, ya’ni yaxshilik uchun ham, yomonlik uchun ham foydalanish mumkin bo‘lgan telefonning o‘ziga yarasha odoblari, uni ishlatishda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalari bor. Bu odob va tavsiyalarni qo‘ldan kelganicha o‘rganib hukmingizga havola qilamiz:

1.        So‘zlashuvda iqtisod. Sababsiz ko‘p gaplashmaslik va bunga odatlanmaslik kerak. Ayrimlar uyqudan turganda ham go‘dak ona ko‘kragini izlagandek telefonini qidirib qoladi. Bu hozirgi kunda keng tarqagan kasallik bo‘lib, sog‘likka zarari bilan birga isrof hamdir. Hammaga ma’lumki shariatimiz isrofning barcha ko‘rinishlaridan qaytaradi.

2.        Suhbatdoshni qiynamaslik. Masalan, telefon qilib: “Mani tanimadingizmi?”, demaslik, tanimasa malomat qilmaslik lozim. Bunday qilish islom axloqiga ziddir. “Sahihayn”da Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning huzurlariga borib chaqirdim. “Kim u?”, dedilar. “Men” – javob qildim. Ul zot (sollallohu alayhi vasallam) go‘yo norozi bo‘lgandek: “Men, men!!”, deb chiqib keldilar”.

3.        Suhbatdosh holatini rioya etish, uning uzrini to‘g‘ri qabul qilish.Chunki u kasal yoki bemalol so‘zlashish imkoni yo‘q masjid, qabristonda kabi yoxud suhbatni buzish noqulay joylarda bo‘lishi mumkin.

4.        Masjidga kirganda telefonni yoki ovozini o‘chirish. Bu namozdadagi xushu’ va namozxonlarning hayolini o‘g‘irlamaslik uchun kerakdir. Ammo o‘chirilmagan telefon egasini ham aybi uchun noqulay ahvolga solmaslik lozim. Imom Buxoriy Abu Hurayra (r.a.)dan qilgan rivoyatlarida shunday deyiladi: “Bir a’robiy turib masjidga bavl qildi. Odamlar uni urishib berishdi. Shunda Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) ularga: “Uni qo‘yinglar, bavliga bir chelak suv quyvoringlar. Sizlar esa oson qilishga yuborilgansiz, qiyin qilishga yuborilmagansiz”, dedilar”.

5.        Telefonga turli musiqiy ohanglarni o‘rnatmaslik. Bu xususan masjid va majlislarda foydadan ko‘ra odamlarga ko‘proq tashvish va ozor keltiradi.

6.        Ilm majlislari va mo‘’tabar insonlar huzurida telefonni umuman ishlatmaslik. Shunday qilish majlis haybatini saqlashga, ta’lim foydasi mukammal bo‘lishiga va obro‘li insonlar hurmatini joyiga qo‘yishga xizmat etadi. Agar so‘zlashuvga qattiq zarurat bo‘lsa, uzr so‘rab majlisdan chiqish so‘zlashish kerak.

7.        So‘zlashuvni suhbatdoshga bildirmay yozmaslik yoki boshqalar oldida telefonning ovoz kuchaytirgichini yoqib qo‘ymaslik. Bunday qilish oqil kishiga xos ish emas, xususan suhbat xos va maxfiy bo‘lsa. Chunki bu ham omonatga xiyonat yoki chaqimchilikdan bir navdir.

8.        Telefonni umumiy joylarga tashlab qo‘ymaslik. Aksi bo‘lsa telefonida o‘zi xohlamagan so‘zlashuvlar amalga oshirilishiga yoki birov ko‘rishi mumkin bo‘lmagan maktublarning o‘qilishiga, ayniqsa suratlar tarqab ketishiga sabab bo‘ladi. Buning orqasidan esa bugungi kunimizda o‘tkir muammo bo‘lib turgan nohush holatlar yuzaga keladi.

9.        Telefonda tasvirga olishda ehtiyot bo‘lish. Ommaviy munosabatlarda, to‘y-ziyofatlarda o‘ziga ahamiyatsiz surat va videolarni tasvirga tushirish obro‘ to‘kilishi, oilalalar buzilishi va boshqa ko‘pgina hunuk holatlar va fitnalarga bois bo‘ladi.

10.      Boshqalarning telefonini tekshirmaslik, maktublarini o‘qimaslik, suratlariga nazar solmaslik. Bunday qilish birovning aybini ochish, xiyonat va  yomon gumon kabi og‘ir gunohlarga sabab bo‘ladi. Shu sabab telefon sohibi ham o‘zini noqulay ahvolga soladigan ma’lumot, maktub va suratlarni telefonidan o‘chirib tashlashi lozim. Chunki telefoni yo‘qolib qolsa, unutsa yoki birovning qo‘liga tushib qolsa qiyin vaziyatga tushib qoladi.

11.      Odamlar orasida telefonining musiqa va qo‘ng‘iroqlarni yoqib o‘ynayvermaslik. Xususan ahli ilm va fazl oldida bu odobdan emas.

12.      O‘zini ko‘z-ko‘z qilmaslik. Masalan telefonda so‘zlashayotganda atrofdagilarga o‘zini aqlli yoki o‘ta muhim inson qilib ko‘rsatmaslik kerak. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: “Unga berilmagan narsa bilan o‘zini to‘ygan qilib ko‘rsatgan kishi, yolg‘on ikki kiyimni kiyib olgandekdir”. Ya’ni o‘zi ulardan bo‘lmasada zuhd ahli, olim yoki boynikidek kiyimlar kiyib olgan kishidekdir. Imom Buxoriy rivoyatlari.

13.      Telefondan turli fitna va hiylalar uchun foydalanmaslik. Chunki telefon insonga ko‘p qulayliklar keltirish bilan birga yomon niyatli kishilarga birovlarni laqillatish, obro‘sini to‘kish va qabih niyatlarini amalga oshirish yo‘llarini osonlashtirib qo‘ydi. Kishi doim mard bo‘lishi kerak, haqiqiy saodat bunday fitnalar orqali emas, balki rostlik va ochiq munosabatlar bilan qo‘lga kiritilishini anglashi kerak.

14.      Raqamni aniq terganiga ishonch hosil qilish. Bunday qilinmasa hoxlanmagan kishiga maktub jo‘natib, noqulay ahvolga tushib qolinishi, tanimagan odamga kutmagan mavzusida gapirib tushunmovchilik yuzaga kelishi, oqibatda bir biriga ozor berib qo‘yilishi mumkin. Birovga ozor berish esa dinimizda doim qoralangan.

15.      So‘zlashuv va yozishuvlar o‘ziga mahram kishilar bilan bo‘lishi va nomahramlar bilan esa faqat zarurat yuzasidangina muloqot qilinishi kerak. Bunga amal qilmaslik yomon gumonlarga, nohush holatlarga, hatto fojealarga va Alloh huzurida esa gunohkorlikka sabab bo‘lishini unutmaslik kerak.

“Go‘zal xulqlarni mukammal qilishga yuborildim”, deydilar sevimli payg‘ambarimiz. Ul zotga munosib ummat bo‘lish istagidagi har birimizga bunday odoblarga amal qilish, har bir harakatu sukunatimizda islom ta’limotlariga muvofiq yashash lozim. Zero Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): “Mo‘minlarning iymoni komillari xulqi chiroyli bo‘lganlaridir”, deganla

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Tramp Putinga javob berdi: avval Ukraina, keyin Eron

АҚШ президенти Дональд Трамп Россия президенти Владимир Путин билан телефон суҳбатида Украинада ўт очишни тўхтатиш масаласини муҳокама қилганини билдирди.

Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Eron hujumlari oqibatida katta zarar ko‘rganini tan oldi

Responsible Statecraft маълумотига кўра, Эрондаги операция АҚШга жиддий зарар етказган ва мамлакатнинг катта миқёсли можарога тайёр эмаслигини кўрсатган.

44 ta elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari ishdan olindi

Бу ҳақда Энергетика вазирлиги хабар берди.

Farg‘onada pedagog ayol ayovsiz kaltaklandi

Мазкур ҳолат шу куннинг ўзида туман ИИБ томонидан тегишли тартибда қайд этилган. Фуқаро Г.Х. нинг олган тан жароҳати оғирлик даражасини аниқлаш учун суд-тиббий экспертизаси тайинланди

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.