Ta’ziya! «Hunarmand» uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Ulug‘bek Saidov bevaqt vafot etdi

A A A
Ta’ziya! «Hunarmand» uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Ulug‘bek Saidov bevaqt vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi Bo‘lim boshlig‘i Saidov Ulug‘bek Abdurahimovichning bevaqt vafot etganligi munosabati bilan marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Ulug‘bek Saidov hunarmandchilik sohasidagi yetuk mutaxassis, bir qancha kitoblar muallifi, O‘zbekiston hunarmandchiligi va amaliy san’ati ensiklopediyasi mualliflaridan biri edi.

Ulug‘bek Saidov yurtimizda va jahonda o‘tgan hunarmandchilik sohasidagi yirik festival va ko‘rgazmalarning o‘tkazilishida jonbozlik ko‘rsatib faol ishlagan mutaxassis.

Ulug‘bek Saidov "Hunarmand” uyushmasida Amaliy san’atning an’anaviy turlarini saqlash va tiklash bo‘limi boshlig‘i sifatida o‘zbek milliy hunarmandchiligini rivojlantirish, o‘zbek hunarmandchilik maktablari, an’analari, qadriyatlari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan usta-shogird maktablarini kelajak avlodga qoldirish uchun mehnat qildi va o‘z hissasini qo‘shdi.

Samimiy, mehribon, jonkuyar inson Ulug‘bek Saidovning yorqin xotirasi uning shogirdlari, hamkasblari, do‘stlari va yaqinlari, uni yaqindan bilgan barcha insonlarning qalbida abadiy qoladi. Alloh taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr bersin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!