Tayvandagi zilzilada 882 kishi jarohatlandi

Tayvandagi zilzilada  882 kishi jarohatlandi

AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Xualyan shahridan 18 km janubda joylashgan.

Zilzila manbai 34,8 km chuqurlikda bo‘lib, aholi punktlariga zarar yetkazgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 9 kishi halok bo‘lgan, 882 kishi jarohatlangan.

Tayvan markaziy meteorologiya boshqarmasi (CWA) zilzila magnitudasi 7,2 ni tashkil etganini, silkinishlar episentri Xualyan shahridan 25 km janubda, manba 15 km chuqurlikda bo‘lganini ma’lum qildi.

CWA bu Tayvanda oxirgi 25 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila ekanligini aytdi va orolning shimoliy hududlarida sunami xavfi haqida ogohlantirdi.

Tayvan orolidan tashqari materik Xitoy va qo‘shni mamlakatlarda ham sunami haqida ogohlantirishlar e’lon qilingan.

Xitoy Tsunamidan ogohlantirish markazi qizil darajadagi sunami haqida ogohlantirdi. Bu to‘rt bosqichli ogohlantirish tizimining eng yuqori darajasi.

AQSh Geologik xizmati, birinchi zilziladan 20 daqiqa o‘tgach, 6,4 magnitudali ikkinchi zilzila haqida xabar berdi, Hualiyen shahridan 11 km shimoli-sharqda, manba 12,6 km chuqurlikda joylashgan.

AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, magnitudasi 4,7 dan 5,7 gacha bo‘lgan 16 ta yer silkinishlari ham qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!