«Tata Steel-2023». Abdusattorov va Sindarovdan chiroyli g‘alabalar

«Tata Steel-2023». Abdusattorov va Sindarovdan chiroyli g‘alabalar

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha «Tata Steel-2023» nufuzli xalqaro turnirida bugun "Masters" va "Chelenjer" guruhlarida 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Nodirbek Abdusattorovga bu safar hindistonlik Erigaisi Arjun raqiblik qildi. Bahsning debyutidan keyin hind sportchisining sipoxlari yaxshi pozisiyani egallab, kichik ustunlikni qo‘lga kiritgandi. Hamyurtimiz esa qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. O‘yin so‘ngida Arjun mot holatidan qutila olganini bildi va taslim bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchi o‘z ochkolarini 5,5 taga yetkazdi va peshqadamlikni mustahakamladi. Boisi, 2-pog‘onani egallab turgan Anish Giri (Niderlandiya) bu turda durang o‘ynadi. Natijada Abdusattorov yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farqni 1 ochkoga yetkazdi.

Abdusattorov ertaga AQSh vakili Levon Aronyanga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

"Chelenjer" turnirida qatnashayotgan Javohir Sindarov bugun Niderlandiya vakilasi Elina Royebersga qarshi oq donalarda o‘ynab, g‘alaba qozondi. Mezbon sportchisi 42-yurishdan so‘ng mag‘lubiyatni tan oldi.

Natijada Sindarovning ochkolari 5taga yetdi va jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hamyurtimiz 8-turda peshqadamlar safida borayotgan turkiyalik Mustafo Yilmazga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!