"Tashkent siti"da vafot etgan ishchining ayoli shikoyat qildi

"Tashkent siti"da vafot etgan ishchining ayoli shikoyat qildi

Xabaringiz bor 2019 yilning 25 avgust kuni "Tashkent siti"dagi qurilishda ishlagan B.A.Egamberdiyev baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha u “TECHNO LOGISTIC CONSTRUCTION” MCHJda faoliyat yuritgan. Egamberdiyevning rafiqasining bildirishicha unga ish beruvchi tomonidan kompensasiya to‘lab berilmagan va shu sababdan ham u Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng Davlat mehnat inspeksiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori boshchiligida komissiya tuzilib, tekshiruv o‘tkazilgan. Uning natijasida baxtsiz xodisa ish bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘lgan.

O‘rganish, murojaat va xulosalardan so‘nggina vafot etgan fuqaroning rafiqasiga kompensasiya puli to‘lab berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!