Tashkent Citydagi musiqali favvora vaqtincha to‘xtatiladi

Tashkent Citydagi musiqali favvora vaqtincha to‘xtatiladi

Tashkent City ma’muriyatining ma’lum qilishicha, kutilayotgan sovuq ob-havo sabab Tashkent City bog‘idagi musiqali favvora 21 noyabrdan bahorgi mavsumga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.

Bog‘da esa  tobora yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramiga tayyorgarlik boshlangan. Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar yangi yil bayrami yorqin va esda qolarli bo‘lishi uchun turli qiziqarli, ko‘ngilochar tomoshalarni, sovg‘alarni tayyorlashmoqda. Maydon ham rang-barang chiroqlar va badiiy bezaklar ila bezatiladi. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!