Taqdimot, yubiley va kelajak uchun rejalar

Taqdimot, yubiley va kelajak uchun rejalar

Kinochilar uyida O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan «Belarusfilm» kinostudiyasi bilan hamkorlikda ko-produksiya formatida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti hamda kinorejissyor Elyor Eshmuhamedov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Leonid Marinich, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, «Belarusfilm» kinostudiyasi direktori Vladimir Karachevskiy, kinoijodkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Ikki mamlakat kinoijodkorlarining so‘nggi uch yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi. Ushbu davrda «Belarusfilm» kinostudiyasi ko‘magida Xilol Nasimovning «Meros», Jahongir Ahmedovning «Ilhaq», Ibrohim Rasulovning “Muxabbat baxori” filmlari suratga olingan.

Uchrashuvda tomonlar joriy loyihalarni ham taqdim etishdi.

O‘tgan yili Minskda bo‘lib o‘tgan «Listapad» festivalida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbariyati va «Belarusfilm» kinostudiyasi o‘rtasida yangi loyiha – “Osiyo arsloni” filmini ishga tushirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Film Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, urushda razvedkachi-partizan sifatida ishtirok etgan Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiyev (partizanlar uni «Kazbek» deb atashgan) haqida hikoya qiladi. Film “Men terrorchi emasman” filmi bilan tanilgan yosh rejissyor Muhammadali Iskandarov tomonidan suratga olinadi.

Filmni yaratish uchun O‘zbekiston va Belarus tomonidan 1 million dollar dan ajratiladi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning bayonotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati “Osiyo arsloni” filmi asosida teleserial yaratish uchun 5 milliard so‘m ajratadi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan «Belarusfilm» ko‘magida ishlab chiqarilayotgan «Uzbechka» filmini suratga olish jarayoni muhokama qilindi. Film o‘zbek mergan qizi, afsonaviy Zebo G‘aniyevaning obrazi asosida yaratilmoqda. Qahramon timsolida Ikkinchi jahon urushi frontlarida qatnashgan O‘zbekiston ayollarining jasorati va matonati mujassamlangan.

Uchrashuvda, shuningdek, yangi loyihalar, jumladan, Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda yashab ijod qilgan belarus shoiri Yakub Kolas haqida film suratga olinshi e’lon qilindi. Kinokartina yozuvchining 140 yilligiga bag‘ishlanadi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan loyihalar bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

– O‘zbekiston Kinematografiya bilan hamkorlikda ulkan loyihalarni rejalashtirmoqdamiz, ishonchim komilki ularning barchasi amalga oshadi. Bugunga kunda o‘zaro hamkorligimiz faol va jadal rivojlanmoqda, hamkorlikda bir nechta munosib filmlar yaratilmoqda. Umid qilamanki, hamkorligimiz yanada rivojlanadi va biz birgalikda yana ko‘plab filmlarni suratga olamiz. Biz birgalikda bolalar uchun o‘zbek ertaklari asosida animasion va badiiy film yaratishga kelishib oldik. - deb fikr bildirdi «Belarusfilm» kinostudiyasi direktori Vladimir Karachevskiy.

Shuningdek, kecha doirasida taniqli rejissyor, «Oshiqlar» kabi mashhur filmlar muallifi Elyor Eshmuhamedov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kinoijodkorlar, jumladan ssenariynavis Odelsha Agishev, rejissyor Ali Xamrayevo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev, VGIK Toshkent filiali direktori Eldor Yo‘ldoshev, shuningdek, VGIK talabalari Elyor Ishmuhamedovni yubiley bilan tabriklab, unga mustahkam salomatlik, baxt va yangi g‘alabalar tilashdi. Rejissyorga Kinmatografiya agentligi rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdimot, yubiley va kelajak uchun rejalarTaqdimot, yubiley va kelajak uchun rejalarTaqdimot, yubiley va kelajak uchun rejalarTaqdimot, yubiley va kelajak uchun rejalar

Mashhur rejisserni samimiy tabriklar ekan, Kinematografiya agentligi bosh direktori quyidagi tilaklarni bildirdi:

– Buyuk ijodkorlarimiz Elyor Eshmuhamedov va Odelsha Agishevga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida VGIK filialini ochish haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Quvonarlisi, sizlar hozirgi vaqtda Toshkentda yoshlarimizga o‘z bilimingizni berib kelmoqdasiz. Ishonchimiz komilki, shogirdlaringiz «Oshiqlar» kabi kino san’ati durdonalarini yaratishga muvaffaq bo‘lishadi, – dedi agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!