Tanzila Norboyeva qishloq xo‘jaligi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Tanzila Norboyeva qishloq xo‘jaligi xodimlariga tabrik yo‘lladi

✅ Bugungi kunda agrar sohani rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining sifatli meva va sabzavotlarga bo‘lgan talabini qondirish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu soha eng muhim hayotiy ehtiyojlarimizni ta’minlab beradi. Shu bois ham ushbu soha rivojiga doimiy e’tibor qaratilib, hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

⏺ Xususan, Oliy Majlis Senati hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliy ishlarda yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Agrar sohani rivoj toptirish, xalq ma’murligini ta’minlash yo‘lida qilinayotgan islohotlar izchilligini ta’minlash maqsadida amaliy muloqotlar bo‘layotgani rost. Bunda senatorlar tomonidan joylarga chiqib, muammoni o‘rganish, bo‘layotgan voqeiylikka yechim topish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan tahliliy yondashuvlarga erishilmoqda.

⏩ Jumladan, aynan bayram arafasida, Oliy Majlis Senatining agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurib, vazir Ibrohim Abdurahmonovga vazirlik tomonidan agrar sohasidagi qilinayotgan hamkorlik, qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlarni e’tirof yetib Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – «Hosil bayrami» munosabati bilan soha fidoyilariga yo‘llagan bayram tabrigini yetkazdi.

🤝 Muloqot yakunida kelgusidagi rejalarga to‘xtalib, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi. Ta’kidlash joizki, bu kabi hamkorlik aloqalari agrar soha rivojida alohida ahamiyat kasb etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!