Tanishing: Oq uyda yangi kadr
Trampning yangi matbuot kotibi yordamchisi qurol bilan tushgan surati sababli muhokamalar markazida.
24 yoshli Beni Rey Xarmoni AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot xizmati jamoasiga qo‘shildi. Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Anna Kelli uni MAGA harakatining ishonchli ovozi deb atab, yangi lavozimida jamoaga munosib qo‘shimcha bo‘lishini aytdi.
📸 Xarmoni avval jurnalist sifatida ishlagan. U 2021 yilda miltiq bilan, Jo Baydenga nisbatan haqoratomuz yozuv tushirilgan futbolkada suratga tushgani haqidagi eski foto ijtimoiy tarmoqlarda yana tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, surat dastlab 2021 yil noyabr oyida respublikachi siyosatchi Jerom Bellning Instagram akkauntida paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda Xarmoni uning saylov kampaniyasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan.
📺 Xarmoni avval Real America's Voice telekanalida Oq uy muxbiri bo‘lgan. Shuningdek, u Turning Point USA boshlovchisi Jek Posobes uchun prodyuserlik qilgan va respublikachi siyosatchilar Pol Gosar hamda Mett Gets bilan bog‘liq jamoatchilik bilan aloqalar ishlarida qatnashgan.
Xarmoni 2 oktyabr kuni Tramp ma’muriyatida ishlashini ma’lum qilgan. Oq uy esa uning tajribasini himoya qilib, yangi lavozimida prezidentning jamoatchilik bilan aloqalar jamoasiga foydali bo‘lishini ta’kidlagan.
