Taniqli yozuvchi 82 yoshda vafot etdi

A A A
Taniqli yozuvchi  82 yoshda vafot etdi

 

 

Taniqli yozuvchi Sa’dulla Siyoyev 2021 yilning 21 fevralida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. U 82 yoshda edi.

 

Yozuvchi Sa’dulla Siyoyev 1939 yil 25 mayda Qozog‘istonning Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1946—1956 yillarda Qarnoqdagi o‘rta maktabda, 1957—1962 yillarda Toshkent Davlat universitetida o‘qidi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan adib dastlab Toshkent radiosida, keyinchalik respublika vaqtli matbuoti, «Mushtum» hajviy jurnalida ishladi.

So‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot jamg‘armasiga rahbarlik qildi. Sa’dulla Siyoyev o‘z ijodini she’r yozishdan boshlagan. Uning dastlabki she’ri 1956 yilda matbuotda bosiladi. U she’rlar bilan bir qatorda «Qiz bolaning pandi» (1963), «Ming bir qiliq» (1964), «Charxpalak» (1965), «Uyimizga mehmon keldi» (1966) kabi hikoyalarini ham e’lon qildi. Bu hikoyalarida bugungi qishloq hayoti tasvirlangan.

Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami «Qasam ichmagan yigit» 1970 yilda chop etildi. Bu to‘plamga uning lirik va hajviy hikoyalari kiritilgan. Shundan so‘ng S.Siyoyevning «Sadag‘ang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975), «Oy borib, omon keling» (1976), «Og‘ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqqan. Ularda yozuvchi zamondoshlarining mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy his-tuyg‘ularini ardoqlaydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!