Taniqli aktrisa 25 soniyali video tufayli 750 ming lira ishlab topdi

Taniqli aktrisa 25 soniyali video tufayli 750 ming lira ishlab topdi

Dunyoga mashhur turkiyalik aktrisa Tuba Buyukustun 25 soniyali videorolik tufayli 750 ming lira ishlab topdi. Bu haqda Ensonhaber axborot agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, gap Eti Browni İntense kekslari reklamasi haqida ketmoqda. Eti reklama bo‘limi xodimlarining fikriga ko‘ra, Tubaning nomzodi shubhasiz eng yaxshi tanlov edi, chunki uning ishtirokidagi barcha reklama kampaniyalari ommalashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aktrisa so‘nggi kunlarda boshqa bir taniqli aktrisa Neslihan Atagulning o‘rniga "Elchining qizi" serialida o‘ynashi ma’lum bo‘lganidan so‘ng yanada kengroq muhokama qilinyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!