Qozog‘iston poytaxtida Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga 52 tup daraxt o‘tqazildi

Ostonada O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va «Oltin O‘rda» biznes-klubi vakillari Aqto‘bedagi avtobus yong‘inida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasiga 52 tup daraxt ko‘chati o‘tqazdi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.