Taekvondo. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida to‘rtta medal qo‘lga kiritdi

Taekvondo. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida to‘rtta medal qo‘lga kiritdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 29 maydan 4 iyunga qadar taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jahon chempionatiga 16 nafar vakil (sakkiz nafar erkak, sakkiz nafar ayol) bilan yo‘l olgandi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar bitta kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu orqali O‘zbekiston delegasiyasi Jahon chempionatlarida medal qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘z rekordini takrorladi.

Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida finalga qadar yetib borgan Svetlana Osipova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Tokio—2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashidov (-68 kg) ilk bor Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi. Rashidov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida debyut qilgan Omonjon Otajonov -54 kg vazn toifasida uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Kumush medal
+73 kg: Svetlana Osipova

Bronza medal
-62 kg: Feruza Sodiqova
-54 kg: Omonjon Otajonov
-68 kg: Ulug‘bek Rashidov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!