Tadbirkorning 382,9 mln so‘mlik mahsulotlarini o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorning 382,9 mln so‘mlik mahsulotlarini o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman bo‘limi tomonidan “U.T.” MCHJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, jamiyatga qarashli “Uychi paxta tozalash” filiali bo‘limi boshlig‘i M.U. va boshqalar filial omboridagi 382,9 mln so‘mlik 71,2 tonna chigitni hujjatlarga qayd qilmasdan sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida, MCHJga yetkazilgan zararning 219,4 mln so‘mi undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.U. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!