Tadbirkorlik jamg‘armasi nizomi tasdiqlandi
Hukumat qarori (428-son, 04.08.2022 y.) bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga muvofiq, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatiga ko‘maklashish jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
⏩ Jamg‘arma boshqaruvining oliy organi Kengash bo‘lib, uning tarkibi Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
🔰 Jamg‘arma faqat:
▫️O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
▫️tugatilish bosqichida bo‘lmagan;
▫️bankrotlik tartibi qo‘zg‘atilmagan;
▫️murojaat sanasidan kreditlar, soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan qarz oluvchilarning loyihalari bo‘yicha kompensasiya beradi.
❕Davlat moliyaviy nazorat organlari qarz oluvchilar tomonidan kafillik, kompensasiyalar berilishi va to‘lovlar to‘lanishining shartlari, maqsadlari va tartibiga rioya etilishini tekshiradi.