Tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.S.” MCHJ rahbari O.A. oshxona binosida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 269 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Samarqand shahar va Urganch tuman bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “K.U.” Oilaviy korxonasi va “U.X.” MCHJ mas’ul shaxslari oshxona binosi va suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab jami 160,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!