Szyansi provinsiyasida kuchli yomg‘ir yog‘di

Szyansi provinsiyasida kuchli yomg‘ir yog‘di

Xitoyning Szyansi provinsiyasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida 485 mingga yaqin odam jabrlandi.

Yomon ob-havo sabab Lepin va Desin shaharlari, shuningdek, Uyuan okrugidagi ko‘plab turar joy binolarini suv bosdi. Shuningdek, 43 ming 300 gektar maydondagi qishloq xo‘jaligi ekinlari zarar ko‘rdi.

Szyansi provinsiyasi suv toshqini va qurg‘oqchilikka qarshi kurash bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar allaqachon 470 million yuanga (taxminan 70,4 million dollar) yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!