So‘xliklarning asosiy muammosi — ichimlik suvi qanday hal qilinadi?

So‘xliklarning asosiy muammosi — ichimlik suvi qanday hal qilinadi?

So‘xda yillar davomida o‘z yechimini topmayotgan yana bir asosiy muammo — ichimlik va ekinlarni sug‘orishda ishlatiladigan obi hayot masalasi hal qilinadi. Suv xo‘jaligi vazirining ma’lumotlariga ko‘ra, tumanda suv zaxirasi yetarli, ammo asosiy muammo uning yetkazib berilishida. Tez fursatlarda bu masala ham o‘z yechimini topadi.

Simodon, Kasminon, Hushyor, Malbud va Vargan hududlarida ikki oy davomida tik quduqlar o‘rnatilib, bo‘sh turgan yerlar o‘zlashtiriladi. Tumandagi eski aerodromni qayta ta’mirlab, viloyat markaziga havo yo‘llari orqali borib kelishni yo‘lga qo‘yish masalasi ham davlatimiz rahbarining e’tiborida.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, tumandagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun Prezident qarorining loyihasi tayyorlanmoqda va mazkur qaror loyihasi bo‘yicha tumanning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan rivojlantirish uchun 1 trln. so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!