So‘xga kelgan kuchli sel haqida FVV ma’lumot berdi

So‘xga kelgan kuchli sel haqida FVV ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga kuchli sel keldi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan FVV quyidagi ma’lumotlarni berdi.

Bugun, 11-may kuni soat 18:00 larda qisqa muddatda yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Farg‘ona viloyati So‘x tumanining “So‘x”, Farg‘ona tumanining Shoximardon hududi “Yordon” MFYlarida sel oqimlari yuzaga keldi.

Hodisa natijasida So‘x tumanining “Malbut” qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Malbut”, “Devayron” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Devayron” sel yo‘llarida sel oqimlari soy o‘zaniga sig‘may, “So‘x-Rishton” avtomobil yo‘lining qatnov qismiga loyqa va turli tog‘ jinslari oqizib kelgan. Oqibatida ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalarining qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Sel suvlari “Malbut” qishlog‘idagi xonadonlarning yerto‘la, qo‘shimcha bino va tomorqalariga kirgan. Hozirda muhandislik texnikalari yordamida sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish, suv toshib kirgan xonadonlar sonini aniqlash ishlari tuman hokimi rahbarligida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!