Suv talashish ortidan bo‘lgan nizo o‘lim bilan yakun topdi

Suv talashish ortidan bo‘lgan nizo o‘lim bilan yakun topdi

2021 yil 6 iyul kuni soat 21:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan N.O. MCHJga qarashli mevali bog‘da shu yerda dehqonchilik bilan shug‘ullangan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1958 yilda tug‘ilgan M.N. bilan suv talashib o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan bosh qismiga urganligi oqibatida, M.N. yerga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan. So‘ngra N.O. M.N.ni To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan.

M.N. olgan tan jarohati bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 10 iyul kuni vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumning badanida tashqi tan jarohatlari mavjud emasligi, uning o‘limi bosh miya yopiq shikasti, bosh miya to‘qima ostiga qon quyilishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobd tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!