Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi

Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi

Kecha, 6 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida favqulodda baxtsiz hodisa yuz bergan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida 2018 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi I.J. vafot etgan.

Qayd etilishicha, tarbiyalanuvchi I.J. tashkilot hududidagi bolalar o‘yin maydonidagi temir aylanada o‘ynagan va ehtiyotsizlik natijasida hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar olgan. O‘lim aniq sababi va vaqti aniqlanmoqda.

Ayni paytda ish prokuraturaga o‘tkazilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ehtiyotsizlik oqibatida voqea sodir bo‘lgan vaqtdagi mas’ul shaxslarga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan choralar qo‘llanilishi aytilgan.

Baxtsiz hodisa tufayli 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimidan ozod etilib, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!