Surxondaryoda Qurbon hayiti kuni shahar avtobuslari yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Surxondaryoda Qurbon hayiti kuni shahar avtobuslari yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan Qurbon hayitining birinchi kunida aholiga jamoat transporti xizmatini qulay qilish maqsadida Termiz shahridagi yo‘nalishli avtobuslar harakatini tongi soat 04:00 dan boshlaydi.

Shuningdek, Qurbon hayitining birinchi kuni, 16 iyun sanasida «Termiztransxizmat» filiali hamda «AngorAvtotrans» DUK tasarrufidagi 1, 3, 5, 6, 7, 8, 15, 17, 245, 246-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar tongi soat 04:00 dan 09:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!