Surxondaryoda ochilgan universitet soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi. 73 nafar fuqaro kontrakt pulini to‘lab bo‘lgan

Surxondaryoda ochilgan universitet soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi. 73 nafar fuqaro kontrakt pulini to‘lab bo‘lgan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar M.J. va S.S. o‘zaro til biriktirib, “U.A.” MCHJni tashkil etishib, so‘ngra internet ijtimoiy tarmoqlarda (“Telegram”) “At Termiziy University” xususiy universiteti kanalini ochishib, faoliyat yuritishga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga o‘qishga qabul boshlanganligi haqida xabarlar berishib, ushbu universitetda o‘qish istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln so‘mini to‘lov pullari sifatida qabul qilib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!