Surxondaryoda haydovchi va yo‘lovchilar o‘rtasida janjal chiqdi

Surxondaryoda haydovchi va yo‘lovchilar o‘rtasida janjal chiqdi

Bugun, 19 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Qo‘mqo‘rg‘on tumanida haydovchilar o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 11:30 larda Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lida yuz bergan.

1994-yilda tug‘ilgan fuqaro M.I. “Lacetti” rusumli avtomashinasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Cobalt” avtomashinasi yo‘lini to‘sib to‘xtatib, yo‘lovchilari X.N. X.B va haydovchisi YU.F.lar bilan o‘zaro janjal chiqaradi.

Hududda xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari hamda hamkor huquq tartibot xodimlari tomonidan ushbu holat bartaraf etilib, fuqarolar Qumqo‘rg‘on tumani IIB ga olib borilgan.

Hozirda holat yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g “ bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aybdorlikda gumonlanuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!