Surishtiruvchiga pora taklif qilgan fuqaroga hukm o‘qildi

Surishtiruvchiga pora taklif qilgan fuqaroga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sud majlisida IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruv guruhi surishtiruvchisiga pora taklif qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1959 yilda to‘g‘ilgan Xamrayev Anvar Akromovich (shaxsi o‘zgartirilgan) 2021 yil 10 mart kuni soat 12larda Xatirchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruv guruhi surishtiruvchisi M.Rabbimovning ish yurituvidagi qizi Z.Akromovaning (shaxsi o‘zgartirilgan) u bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelganligi mazmunidagi og‘zaki murojaati bo‘yicha murojaati bo‘yicha sharmanda bo‘lmasligini oldini olish uchun o‘zining harakatlarini qonunga xilof ekanligini bila turib, M.Rabbimovning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda qizining murojaati bo‘yicha ijobiy hal qilib berishi uchun unga 1.000.000 so‘m pora tariqasida berishni taklif qilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Rabbimovning bildirgisi asosida, Navoiy viloyat IIB va Xatirchi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan 2021 yil 20 mart kuni soat 1230larda o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.Xamrayev Xatirchi tuman IIB ma’muriy binosidagi M.Rabbimovning xizmat xonasida M.Rabbimovga 800.000 so‘m berganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sudda, Xatirchi tuman prokurori tomonidan 2021 yil 27 aprel kuni aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tuzishda, ayblanuvchining prosessual huquqlari tergov organi tomonidan ta’minlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat–prosessual kodeksining 5861-moddasida ko‘rsatilgan talablar bajarilganligi inobatga olinib, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan.

Sudlanuvchi A.Xamrayev sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 2 (ikki) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib.

Sudlanuvchi A.Xamrayevga O‘zbekiston Respublikasi JKning 62-moddasi tartibida ozodlikni cheklash jazosini uzil-kesil 1 (bir) yil 9 (to‘qqiz) oy 23 (yigirma uch) kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilib, sudlanuvchi A.Xamrayevga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilinsin va sud majlisi zalidan darhol qamoqdan ozod etildi.

H.Tuxtayev,

Jinoyat ishlari Xatirchi

tuman sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!