Sun’iy intellekt tufayli insoniyat yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Sun’iy intellekt tufayli insoniyat yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Tadqiqotchi olimlar sun’iy intellektning nazoratsiz rivojlanishi yadro urushi va pandemiyalar kabi halokatli global tahdidlar hamda insoniyat sivilizasiyasi uchun xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirmoqdalar.

Sanoat yetakchilari, “OpenAI” bosh direktori Sem Altman va mashhur “sun’iy intellekt otasi” Jeffri Xinton, sun’iy intellekt xavfsizligi markazi tomonidan e’lon qilingan yangi ogohlantirishni imzolagan.

CAIS bayonotida “sun’iy intellekt bilan bog‘liq eng jiddiy xavflarni qabul qilayotgan mutaxassislar va jamoat arboblari soni ortib borayotgani haqida umumiy ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan” deyiladi.

Ta’kidlash joizki, sun’iy intellekt bo‘yicha “Anthropic” va “Google DeepMind” kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, “Microsoft” va “Alphabet”ning bir qancha rahbarlari ham bayonotga imzo chekishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!