Sudanda ham maymunchechak virusi aniqlandi

Sudanda ham maymunchechak virusi aniqlandi

Sudan Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda maymun chechagi kasalligining birinchi tasdiqlangan holatini ma’lum qildi.

AllAfrica agentligi xabariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash laboratoriyasi G‘arbiy Darfur shtatida yashovchi 16 yoshli maktab o‘quvchisida virus musbat chiqqanini tasdiqladi.

Vazirlik maymun chechagi kasalligiga shubha qilingan 38 ta holat haqida xabar berdi. Ularning barchasida virusga testlar manfiy chiqqan. G‘arbiy Darfurdagi bitta holat esa bundan mustasno.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Favqulodda vaziyatlar va epidemiya nazorati bosh boshqarmasi direktori Montaser Mohamed Otmanning aytishicha, sog‘liqni saqlash organlari virus tarqalishini cheklash maqsadida talabalar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlash ustida ishlamoqda. Shuningdek, u G‘arbiy Darfur Federal Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan asl manzil va ta’sir qilish yo‘lini aniqlash uchun faol tekshiruv boshlanganini qo‘shimcha qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hozirgi epidemiyani xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qildi. Tashkilot statistik ma’lumotlariga ko‘ra, may oyidan beri virusni 75 mamlakatda 16 mingdan ortiq odam yuqtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!