Nyu-York shtati oliy sudi AQSh prezidenti Donald Trampga 2016 yilgi prezident saylovlari kampaniyasi vaqtida o‘z xayriya jamg‘armasidan foydalangani uchun notijorat tashkilotlariga tovon puli sifatida 2 mln dollar to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi.
Bu haqda shtat bosh prokurori Letisiya Jeyms tvitterda ma’lum qildi.
CNN telekanalining xabar berishicha, 2018 yil iyunda sudga berilgan da’vo arizasida Tramp va uning farzandlari - Donald, Ivanka va Erik Donald J.Trump Foundation jamg‘armasi maqomini suiiste’mol qilib, AQShning va shtatning saylov kampaniyalarini moliyalashtirish haqidagi qonunlarini buzishgan.
Ta’kidlanishicha, Tramp saylovoldi shtabi 2016 yil fevralda Ayova shtatida harbiy faxriylarni qo‘llab-quvvatlovchi xayriya tashkilotlariga grant sifatida mablag‘lar to‘plagan. Biroq to‘plangan mablag‘lar Trampning siyosiy manfaatlari yo‘lida sarflangan.
AQSh prezidentiga solingan 2 mln dollarlik jarima 8 ta notijorat kompaniyasi o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tramp 2018 yil dekabrda sud bilan kelishuvga borish doirasida o‘z jamg‘armasini yopishga rozi bo‘lgan.
Tramp “Nyu-York bosh prokurori sud bilan kelishuv mohiyatini siyosiy maqsadlarda ataylab buzayotganini, jamg‘armasi tomonidan to‘plangan barcha pullar esa xayriya maqsadlarida ishlatilganini aytgan. “Men xayriya maqsadlariga bunday katta pullarni o‘tkazib, Nyu-York shtatining siyosiy fitnachilari tomonidan malomatlarga uchrashi mumkin bo‘lgan o‘zim biladigan, balki ehtimol tarixdagi yagona odamman”, deb aytgan Tramp.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.
Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.
Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.
АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.