Stoltenbergning aytishicha, NATO mintaqaviy ittifoq bo‘lib qoladi

Stoltenbergning aytishicha, NATO mintaqaviy ittifoq bo‘lib qoladi

“Alyans mintaqaviy ittifoq bo‘lib qoladi, lekin global muammolarga qarshi turish uchun Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlar bilan ishlashi kerak”.

Report”ning xabar berishicha, bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishining birinchi kuni yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

“NATO Yevropa va Shimoliy Amerikaning mintaqaviy ittifoqi bo‘lib qoladi, ammo biz global muammolarga duch kelamiz va biz o‘z qadriyatlarimiz va manfaatlarimizni himoya qilish uchun hamkorlar, jumladan, Hind-Tinch okeani mintaqasi bilan yaqinroq hamkorlik qilishimiz kerak”, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!