Stiker uchun yuborilgan ayrim arizalar asossiz rad etilgan, endi ular qayta ko‘rib chiqiladi

Stiker uchun yuborilgan ayrim arizalar asossiz rad etilgan,  endi ular qayta ko‘rib chiqiladi

Kecha Davlat xizmatlari agentligi avtomashinasi uchun stiker olish maqsadida Yagona portal orqali yuborilgan 50 mingga yaqin arizalar 2 soat ichida avtomatik tarzda  rad etilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Bugun my.gov.uz portali ushbu arizalar orasida asossiz rad etilgan arizalar ham kuzatilganini ma’lum qildi.

❗️Yuzaga kelgan holatni inobatga olib, barcha arizalar individual yondashuv bilan qayta ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Boshqacha aytganda avtomatik rad qilish funksiyasi unchalik ham o‘zini oqlamagan, shu sababli yana individual (ruchnoy) tizimga o‘tilgan.

Agar Siz arizangizga asossiz rad javob oldim deb hisoblasangiz, arizangiz holatini ushbu havoladan o‘tib qayta tekshirishingiz mumkin:
https://my.gov.uz/uz/site/task-view


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!