SSV: Tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Shtab tashkil etildi
Yurtimizda bu yilgi qish fasli izg‘irinli kunlar bilan boshlandi. Ana shunday sharoitda mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligida uzluksiz ish olib boradigan Shtab tashkil etildi.
🚑 Joriy yil 5 dekabr ertalabki soat 08:00 dan 6 dekabr 08:00 gacha mazkur Shtabga yurtimizdagi tez tibbiy yordam xizmati faoliyati bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar kelib tushdi.
“103” xizmatida:
📊 2 733 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko‘rsatdi.
☎️ “Tez yordam”ga 37 336 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng ko‘p chaqiriqlar:
📌 Andijon viloyati — 4 491 ta
📌 Farg‘ona viloyati — 4 450 ta
📌 Namangan viloyati — 3 821 ta
📌 Toshkent shahri — 3 665 ta
📌 Toshkent viloyati — 3 178 ta
🏥 Yurtimiz bo‘yicha shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni:
👱🏻♂️ kattalar — 2 462 nafar
👫 bolalar — 829 nafar
👩🏻🍼 2 568 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Koronavirus aniqlangan bemorlar:
18 yoshgacha — 31 nafar
kattalar — 89 nafar
jami — 120 nafar
🏥 Shundan 79 nafari shifoxonaga yotqizildi.
‼️ Vazirlik tasarrufidagi barcha tibbiyot muassasalari o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirmoqda.
