SSV: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti diplomi xorijda ham tan olinadi

SSV: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti diplomi xorijda ham tan olinadi

Yangi O‘zbekiston tibbiyotini dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga olib chiqish — ustuvor maqsad. Bunga erishish uchun xalqaro standartlarga mos kadrlar zarur. Chunki soha transformasiyasida ilg‘or tashabbuslar, kreativ yondashuvlar, innovasion uslublarning ahamiyati katta.
📋 Prezidentimizning 2020 yil 3 dekabrdagi qarori asosida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad shu edi.

📌 Ya’ni bu orqali sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi borasida yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, xodimlarni kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish hamda tibbiyot tashkilotlari, jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini professional mutaxassislar bilan to‘la ta’minlash rejalashtirilgan edi.

🟢 O‘tgan davrda institut jamoasi tomonidan bu borada ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi.

📊 Ayni paytda muassasada 5 ta fakultet, 29 ta kafedra, 9 ta bakalavriat yo‘nalishi, 11 ta magistratura hamda 37 ta ordinatura mutaxassisligi bo‘lib, ularda jami 6 mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Ularga 318 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchi saboq berib kelayotir.

🏢 Institut jamoasi erishayotgan yutuqlar haqida gapirishdan oldin bunga asos bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar xususida to‘xtalish o‘rinli. Avvalo, institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uning zamonaviy qiyofaga ega bo‘lgan 2 ta kampusi barpo etildi.

☑️ Birinchi kampus tarkibidan konferensiyalar zali, 2 ming o‘rinli 3 ta 4 qavatli o‘quv binosi, sport maydoni, simulyasiya markazi, ilmiy laboratoriya hamda oshxona o‘rin olgan.

✅ Ikkinchi kampusni ishga tushirish uchun esa 20 milliard so‘mlik mablag‘ sarflandi. Natija shunga yarasha bo‘ldi. Bugun institut talabalari bu yerda barpo etilgan 300 o‘rinli konferensiya zali, 3 qavatli o‘quv binosi, voleybol, futbol va basketbol maydoni, 150 kishilik yozgi amfiteatr, shuningdek, 300 o‘rinli oshxonadan foydalanib kelmoqda.

🇺🇸 Institutdagi muhim yangiliklardan yana biri sifatida 2022 — 2023 o‘quv yilidan boshlab AQShning USMLE (United States Medical licencing examination) dasturi asosida “Davolash ishi” yo‘nalishi ochilganligi va unda 3 ming talaba tahsil olayotganligini keltirish mumkin.
🔎 Muhimi, institut O‘zbekiston bo‘yicha AQShning qator tashkilotlari tomonidan ro‘yxatga olingan va tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan hamda USMLE dasturi asosida o‘qitayotgan OTM hisoblanadi. Bu o‘quv yurti diplomi AQShda ham tan olinadi, deganidir.

🇩🇪 Shuningdek, ushbu muassasa 2024 yil noyabr oyidan Germaniyaning ZAB tashkiloti tomonidan Germaniyada diplomi tan olinadigan oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etildi. Endilikda institut bitiruvchilari diplomi Germaniyada ham tan olinadi.

⏩ Bundan tashqari, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Birlashgan Arab Amirliklarining Gulf medical university hamkorligida “Doctor of medicine” (terapiya) mutaxassisligi bo‘yicha 4 yillik magistratura qo‘shma ta’lim dasturi joriy etildi.

💵 Shunga muvofiq har yili 100 nafar magistrant BAA tomonidan berilgan diplomni olib, Farg‘onada o‘qiydi. Bu yiliga qo‘shimcha 500 ming dollar sarmoya kirib keladi, deganidir.

📚 Institut jamoasining sa’y-harakati bilan 3 darslik, 89 o‘quv qo‘llanmasi va 67 monografiya tayyorlanib, chop etildi.

➡️ Tabiiyki, oliy o‘quv yurti talabalari ham qolishayotgani yo‘q. Ular fan olimpiadalarida o‘zlarnini ko‘rsatib kelishayotir. Agar 2021 yilda jami 11 ta talaba fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2022 yili 15, 2023 yili 65, 2024 yili esa 72 nafar talaba xalqaro va respublika olimpiadalarida g‘alabaga erishdi.

📆 O‘tgan 4 yil mobaynida 10 ga yaqin Prezident va nomdor stipendiyalar g‘oliblari yetishib chiqqani ham tahsinga loyiq.

‼️ Aytish joizki, institutga xorijiy talabalar sonidan kelib chiqib, har yili 5 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya kiritib kelinmoqda va bu mablag‘lar oliy o‘quv yurti salohiyatini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilyapti.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

Rossiya olti davlat elchixonalariga hujum qildi

Киевда Россиянинг ракета ҳужуми натижасида олтита хорижий элчихона зарар кўрди, деди Украина Ташқи ишлар вазирлиги матбуот котиби Георгий Тихи.

Dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymati ma’lum bo‘ldi

Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 23 декабрда амалда бўладиган қийматини эълон қилди.

«Endi juda qiyin bo‘ladi»: Kilian Mbappe Lionel Messi tajribasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynay olmaganidan afsusdaligini aytdi

Килиан Мбаппе «Реал Мадрид» афсонаси Криштиану Роналду билан кийиниш хонасини баҳам кўра олмаслигидан афсусда.

Suriyaning yangi rahbari Isroilga signal yubormoqda

Сурия Исроилга қарши ҳужумларни амалга ошириш учун таянч нуқтасига айланмайди.

Isroil g‘arazli maqsadini e’lon qildi

Босқинчи Исроил Ғазо секторини тўлиқ босиб олмоқчи.

Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi

Сурияда Асад режими ағдарилганидан сўнг Исроил буфер зонани эгаллаб олди ва Голан тепаликлари ҳар доим мамлакатнинг бир қисми бўлишини эълон қилди.

UzAuto Motors 19 dekabr kuni Cobalt uchun kontraktasiyani ochadi

UzAuto Motors 19 декабрь куни соат 10:00 да Chevrolet Cobalt автомобили учун контрактацияни очади. Компания аввал тузилган шартномалар бўйича тўлов вақтида амалга оширилмаган ҳажмларни қайта контрактацияга қўяди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Britaniya rekord miqdordagi askarini yo‘qotdi

Буюк Британия қуролли кучларининг сони оммавий ихтиёрий ишдан бўшатишлар фонида - иш ҳақи рекорд даражада ошганига қарамай, қисқаришда давом этмоқда.

Suriyada muvaqqat hukumatga qarshi ilk namoyish yuz berdi

"IRNA news" ёзишича, “чиқиш” айнан ҲТШ етакчисига қаратилган.

Rossiya jang maydonida yana bir yutuqqa erishdi

Россия Донетск вилоятида қуролли ва сони кўп бўлган Украина кучларига қарши барқарор олдинга силжимоқда.

CIES: Abduqodir Husanov o‘z yoshida tengsiz

Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) 21 ёшгача бўлган жаҳоннинг энг яхши марказий ҳимоячилари рейтингини тузди.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda

Бу ҳақда "Ўзгидромет" хабар берди.

BMT Isroilni Livandan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi

Бу ҳақда ташкилотнинг расмий Телеграм- каналидаги инглиз ва араб тилларидаги нашрда айтилган.

Xitoyda olomonga borib urilgan haydovchi o‘limga hukm qilindi

Бу ҳақда Синхуа агентлиги хабар бермоқда .

Netanyaxu Yamanda hutiylarga hujum qilishni buyurdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар берди .

Shveysariya milliardlab shaxsiy pullarni muzlatib qo‘ydi

Россияга қарши санкциялар доирасида Швейцария 7,9 миллиард доллар шахсий пулни музлатишга қарор қилди.

Kakao loviya narxi Bitcoinga qaraganda kuchliroq ko‘tarilishi mumkin

Какао ловиялари 2024 йилда Битcоин ва АҚШ фонд бозоридан олдин барча глобал активлар орасида энг кучли нарх ўсишини кўрсатиши мумкин, деб ёзади Интерфакс.

Rossiyalik nafaqaxo‘rlar ijtimoiy keskinlik kuchaygan bir paytda o‘t qo‘yishmoqda

Полиция жиноятчилик тўлқинига қарши курашар экан, 24 соат ичида ўндан ортиқ ўт қўйиш ҳолатлари ҳақида хабар берилди.

Isroil harbiylari G‘azo sektori bo‘ylab halokatli havo hujumlarini kuchaytirmoqda

Фуқаролар қисман хавфсиз бўлиши мумкин бўлган бошпаналарни излаб, қочишга уринмоқда.

Erdo‘g‘on Rossiya va Ukrainaga Istanbulni taklif qilmoqda

Сентябр ойида Истанбул раундида урушаётган томонларнинг музокара мазмуни нимадан иборат эди?

G‘azo kichkintoylari poliomiyelitga qarshi vaksinani oldi, keyin esa Isroil bombasi ularning oyoqlarini

Исроил бомбаси уч ёшли Ханан ва 22 ойлик Мискнинг онасини ўлдириб, ўзларини эса ногирон қилди.

Meksika g‘arbida samolyot qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Халиско штати фуқаролик мудофааси хизмати Х ижтимоий тармоғида маълум қилган.

Jabaliya lageri binolarining 70 foizi butunlay vayron bo‘ldi

Қамал остида қолган Ғазо шимолидаги лагерга қисқа муддат кириш имконига эга бўлган Haaretz газетасининг хабарига кўра, бу рақам Исроил армиясининг тахмини.

Uch rossiyalik Qozog‘istondan haydaldi

Икки фуқаролиги учун уч нафар россиялик Қозоғистондан чиқариб юборилди.

AQShning Ukrainaga so‘nggi yordam paketi

АҚШ Украинага сўнгги ёрдам пакетини ажратади.

Germaniya harbiy jihatdan qayerda bo‘lishi kerak degan savolga javob berildi

Писториус Берлин ўзининг қуролли кучлари сонини ҳозирги 203 000 дан 230 000 гача оширишни режалаштираётганини айтди.

Putin gibrid hujumlar bilan shug‘ullanmoqda — Germaniya diqqat markazida

Писториус Германиянинг инфратузилмаси ва энергия таъминотига қаратилган сўнгги воқеаларни, шу жумладан...

Putin "Nolinchi jahon urushi" haqida so‘z ochdi

Журналист Павел Зарубин Россия Федерацияси президентига учинчи жаҳон уруши аллақачон бошланганми, деган саволни берди.

Putin Ukrainaga qarshi urushni yana oqladi

Россия президенти Владимир Путин мухбир Павел Зарубиннинг “махсус операция”ни қачон бошлаш керак бўлганлиги ҳақидаги саволига жавоб берди.

Xorvatiyadagi maktabga qilingan qurolli hujumda 7 yoshli qiz halok bo‘ldi

Хорватия пойтахтидаги бошланғич мактабда содир бўлган пичоқли ҳужум оқибатида етти ёшли қиз ҳалок бўлди, яна бир неча ўқувчи ва ўқитувчи жароҳатланди.

Farg‘onada solidol va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. 1 kishi halok bo‘ldi

Фарғона вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси Фарғона шаҳрида содир бўлган ёнғин юзасидан маълумот берди.

«Og‘ir kunlar oldinda»: ruslar Xersonga bostirib kirdi

Россиянинг қўпорувчи гуруҳлари Херсон томон олдинга силжишга ҳаракат қилди. Украина мудофаа кучлари уларни топиб йўқ қилди.