Nima uchun Pokrovsk Ukraina uchun strategik ahamiyatga ega?
Ukrainaning Donesk viloyatida joylashgan Pokrovsk hozirda front chizig‘iga yaqin joyda, Rossiya harbiylari pozisiyalaridan taxminan 5-7 kilometr uzoqlikda joylashgan.
📌 Otishma va vayronagarchilik: Shahar muntazam ravishda o‘qqa tutiladi, bu esa muhim infratuzilmaning qariyb 80% vayron bo‘lishiga olib keldi. Ko‘pgina hududlar elektr, suv va gaz ta’minotisiz qolmoqda.
📌 Aholini evakuasiya qilish: Ikki oy oldin Pokrovskda istiqomat qilgan 48 mingga yaqin aholidan 13 mingga yaqin kishi shaharda qolmoqda, ulardan 94 nafari bolalar. Evakuasiyalar davom etmoqda, ammo ko‘p odamlar xavf-xatarga qaramay qolishni afzal ko‘rishadi.
📌 Infratuzilma ishlari: Otishmalarga qaramay, shaharda generatorlar va zarur jihozlar bilan ta’minlangan ayrim do‘konlar, bozorlar va tibbiyot muassasalari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
📌 Harbiy vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari Pokrovskni faol himoya qilmoqda, dushmanning ko‘plab hujumlarini qaytarmoqda. Shahar strategik ahamiyatga ega va uning yo‘qolishi rus qo‘shinlarining Donetsk viloyatiga yanada chuqurroq kirib borishiga olib kelishi mumkin.
✍️ Pokrovskdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, doimiy ravishda otishma tahdidi va insonparvarlik ahvoli yomonlashmoqda. Ukraina qo‘shinlari shaharni himoya qilishda davom etib, uning qo‘lga olinishi va dushman tomonidan yanada oldinga siljishining oldini olishga harakat qilmoqda.