Rossiyalik seriyali qotil Anvar Masalimov Ufadagi qamoqxonadan ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Topor Live telegram-kanali xabar berdi.
1980 yilda birinchi marta qotillikka qo‘l urib, 15 yilga qamalgan. 1991 yilda jazoni o‘tash koloniyasida yana odam o‘ldirgan. Internetdagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki qotillikni spirtli ichimlik ta’siri ostida amalga oshirgan.
1992 yilda otuvga hukm qilingan, ammo 1998 yilda o‘lim jazosi bir umrlik qamoqqa almashtirilgan. 2016 yilda Masalimov ozodlikka chiqadi, 1998 yilda esa o‘zgaga og‘ir tan jarohati yetkazgani uchun qamoqqa qaytariladi.
Anvar Masalimov 2024 yilning 19 dekabrida — 69 yoshni qarshilagan kuni yana ozodlikka chiqdi. Masalimov umrining 37 yilini panjara ortida o‘tkazgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
UzAuto Motors 19 декабрь куни соат 10:00 да Chevrolet Cobalt автомобили учун контрактацияни очади. Компания аввал тузилган шартномалар бўйича тўлов вақтида амалга оширилмаган ҳажмларни қайта контрактацияга қўяди.
Какао ловиялари 2024 йилда Битcоин ва АҚШ фонд бозоридан олдин барча глобал активлар орасида энг кучли нарх ўсишини кўрсатиши мумкин, деб ёзади Интерфакс.