"Tinch aholini o‘ldirib, so‘ng ularni terrorchi deb yozib qo‘yamiz" — Isroil askarining iqrori
Isroil armiyasining G‘azo sektorida sodir etgan harakatlari xalqaro huquq talablariga zid keluvchi jiddiy huquqbuzarliklar ekanligi haqida ma’lumotlar oshkor bo‘lmoqda. Isroilning “Hareetz” gazetasida chop etilgan maqolaga ko‘ra, tinch aholiga nisbatan qasddan hujumlar amalga oshirilmoqda va o‘ldirilgan qurolsiz insonlar “terrorchi” sifatida qayd etilmoqda.
Maqolada Isroil askarlari o‘zlarining amaliyotlari haqida gapirib, G‘azodagi tinch aholiga hujumlarni qonuniylashtirishga asos bo‘lgan mexanizmlar haqida ma’lumot berishgan. Ta’kidlanishicha, falastinlik tinch fuqarolar qurbon bo‘lgan holatlarda ham ular terrorchi sifatida qayd etiladi. Bir misolda 16 yoshli bola o‘ldirilganidan so‘ng uning qurolsiz tinch fuqaro ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Isroilning 252-diviziyasi sobiq zobitining aytishicha, ular tinch aholini o‘ldirib, keyin ularni terrorchi sifatida qayd etishgan.
Qurolsizlarga hujum va inson huquqlari buzilishi
G‘azodagi hodisalar dron va vertolyotlar orqali tinch aholini kuzatib, ularga hujum qilish holatlari bilan ham bog‘liq. Masalan, ikki bolali katta yoshli bir fuqaro qurolsiz va xavfsiz bo‘lgan holda raketa zarbasi ostida qolgan. Bunday hujumlar “tahdid” sifatida baholanib, qonuniylashtirilgan.
Xalqaro jamoatchilikning fikricha, G‘azo sektoridagi vaziyat xalqaro hamjamiyatning jiddiy e’tiborini talab qilmoqda. Tinch aholini o‘ldirish, qurolsizlarni terrorchi sifatida qayd etish xalqaro huquqqa zid keladi. BMT va inson huquqlari tashkilotlari bu holatlarni chuqur o‘rganib, jinoyatchilarni javobgarlikka tortishlari zarur.