SSV Andijonda zaharlangan 37 kishining ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi

SSV Andijonda zaharlangan 37 kishining ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bemorlar ovqatdan zaharlangani haqida videolavhalar tarqaldi. SSV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Kuni kecha Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan jami 37 nafar bemor nazoratga olingan va yuqumli kasalliklar bo‘limiga davolanish uchun yotqizilgan.

Ulardan 17 nafarida qayt qilish, ich ketishi, tana harorati ko‘tarilishi kabi kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘lgan. Qolgan 20 nafarida esa biroz holsizlik va ko‘ngil aynishi kuzatilgan va ambulator ravishda davo muolajalarini olish uchun hududiy poliklinika nazoratiga yuborilgan.

Ayni paytda shifoxonada davolanayotgan 17 nafar bemorning holati stabil. Ularda belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari davom ettirilyapti.

Taomdan zaharlanganlarning barchasi Qo‘rg‘ontepa tumani markazida joylashgan “FRESH FOOD” nomli ovqatlanish shoxobchasida fast-fud iste’mol qilgani aniqlandi.

Zudlik bilan bu korxonaga qarashli 3 ta ovqatlanish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Taom tayyorlash xonasi va omborxonadagi mahsulotlardan namuna olinib, Qo‘rg‘ontepa tumani sanitariya-epidemiologiya xizmati laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlar salomatligi va sanitariya holatini o‘z nazoratiga olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!