SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini Hindistonda ishga tushishini e’lon qildi

SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini Hindistonda ishga tushishini e’lon qildi

Kompaniya Hindistondagi mintaqaviy ofisini bir vaqtlar Mask bilan birga PayPal da ishlagan Sanjaya Bhargavu boshchiligida ochilishini e’lon qildi va Mask Sanjayani Starlink Indian direktori lavozimiga ta’sis etdi.

Kompaniyaning Hindiston uchun ko‘plab istiqbolli rejalari bor. Starlink ning Hindiston bozoriga kirib kelishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Rejaga ko‘ra, 2022 yil oxiriga qadar SpaceX Hindistonda kamida 200 ming Starlink foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan. Yangi sun’iy yo‘ldoshlar orbitaga uchirilishi bilan bu ko‘rsatkichni bir necha o‘n millionga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Hindiston tasodifan qilingan tanlov emas. Mamlakat aholisining aksariyati kabelli internet yetib bormagan qishloq joylarda yashaydi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston aholisining qariyb 75 foizi internetga kirish imkoniga ega emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!