SpaceX kompaniyasining sobiq xodimlari Ilon Maskni sudga berdi

SpaceX kompaniyasining sobiq xodimlari Ilon Maskni sudga berdi

2022 yilda ishdan bo‘shatilgan SpaceX xodimlari milliarder Ilon Mask ustidan Kaliforniya sudiga da’vo arizasi berdi. Bu haqda Anadolu agentligi yozdi.

AQSh kosmik texnologiyalari kompaniyasining sobiq xodimlari rahbariyatni tanqid qilgan va ish sharoitlarini “hayvonlar boshpanasi”ga qiyoslovchi xat yozgani uchun ishdan bo‘shatilganini da’vo qildi.

Shikoyatchi mualliflardan to‘rt nafari xat rahbariyatga topshirilgandan so‘ng darhol, qolganlari esa ichki tekshiruvlar o‘tkazilgandan so‘ng ishdan bo‘shatilganini aytadi.

Dalil sifatida da’voga Maskning ijtimoiy tarmoqdagi postlari kiritilgan bo‘lib, da’vogarlar ularni “sharmandali” deb atagan.

Ishdan bo‘shatilgan xodimlarning aytishicha, SpaceXning yomon ish muhiti haqidagi shikoyatlari ko‘pincha e’tiborga olinmaydi. Da’vogarlar kompaniyadan "nohaq ishdan bo‘shatilgani" uchun moliyaviy tovon talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!